Iqtisodiy protsessual kodeksi

296-modda. Kassatsiya shikoyati (protesti) bo'yicha ish yuritishni tugatish

(296-модда биринчи қисмининг 1-банди Ўзбекистон Республикасининг 2023 йил 25 декабрдаги ЎРҚ-888-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 27.12.2023 й., 03/23/888/0976-сон — 2024 йил 1 январдан кучга киради)

Kassatsiya instantsiyasi sudi kassatsiya shikoyati (protesti) bo'yicha ish yuritishni quyidagi hollarda tugatadi, agar: 1) kassatsiya shikoyati (protesti) ushbu Kodeksga muvofiq kassatsiya tartibida shikoyat qilinmaydigan (protest keltirilmaydigan) sud hujjati ustidan berilgan va u kassatsiya instantsiyasi sudi tomonidan xatoga yo'l qo'yilib, ish yuritishga qabul qilingan bo'lsa; 2) kassatsiya shikoyati (protesti) kassatsiya tartibida ko'rilgan sud hujjati ustidan berilgan va u kassatsiya instantsiyasi sudi tomonidan xatoga yo'l qo'yilib, ish yuritishga qabul qilingan bo'lsa; 3) kassatsiya shikoyati (protesti) sud hujjati ustidan shikoyat qilish (protest keltirish) huquqiga ega bo'lmagan shaxs tomonidan berilgan bo'lsa; 4) kassatsiya shikoyati ish yuritishga qabul qilinganidan keyin shikoyat bergan shaxs tomonidan shikoyatdan voz kechish to'g'risida ariza kelib tushgan bo'lsa; 5) kassatsiya protesti ish yuritishga qabul qilinganidan keyin protest keltirgan prokuror yoki yuqori turuvchi prokuror tomonidan protestni chaqirib olish to'g'risida ariza kelib tushgan bo'lsa; 6) kassatsiya shikoyati (protesti) bo'yicha sud hujjati qabul qilinguniga qadar ishda taraf bo'lgan yuridik shaxs tugatilgan bo'lsa; 7) kassatsiya shikoyati (protesti) bo'yicha sud hujjati qabul qilinguniga qadar ishda taraf bo'lgan fuqaro vafot etsa, nizoli huquqiy munosabat esa huquqiy vorislikka yo'l qo'ymasa. Agar kassatsiya shikoyatida (protestida) shikoyat qilinayotgan (protest keltirilayotgan) hal qiluv qarorini qabul qilgan birinchi instantsiya sudi tomonidan ko'rib chiqish predmeti bo'lmagan yangi talablar bildirilgan bo'lsa, kassatsiya instantsiyasi sudi kassatsiya shikoyatining (protestining) bu talablarga taalluqli qismi bo'yicha ish yuritishni tugatadi. Kassatsiya shikoyati (protesti) bo'yicha ish yuritishni tugatish to'g'risida ajrim chiqariladi, uning ko'chirma nusxasi ishda ishtirok etuvchi shaxslarga ushbu Kodeksning 197-moddasida nazarda tutilgan tartibda yuboriladi. Kassatsiya shikoyati (protesti) bo'yicha ish yuritishni tugatish to'g'risidagi ajrim ustidan taftish shikoyati (protesti) berilishi mumkin. Kassatsiya shikoyati (protesti) bo'yicha ish yuritish tugatilgan taqdirda, ayni bir shaxsning ayni shu asoslar bo'yicha kassatsiya shikoyati (protesti) bilan sudga takroran murojaat qilishiga yo'l qo'yilmaydi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.