Iqtisodiy protsessual kodeksi

311-modda. Taftish tartibidagi shikoyatning (protestning) mazmuni

Taftish tartibidagi shikoyatda (protestda) quyidagilar ko'rsatilishi kerak: 1) shikoyat (protest) yo'llanayotgan sudning nomi; 2) shikoyat (protest) berayotgan shaxsning nomi (familiyasi, ismi, otasining ismi), uning ishdagi protsessual holati; 3) ustidan shikoyat (protest) berilayotgan hal qiluv qarorini, qarorni qabul qilgan sudning nomi; 4) ishning raqami, hal qiluv qarori qabul qilingan sana va nizo predmeti; 5) shikoyat (protest) berayotgan shaxsning talablari va shaxs qonunlarga yoki boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga, ish holatlariga hamda dalillarga havola qilingan holda sud hujjatini noto'g'ri deb hisoblash uchun keltirgan asoslar; 6) shikoyatga (protestga) ilova qilinayotgan hujjatlar ro'yxati. Taftish tartibidagi shikoyatda (protestda) uni berayotgan shaxsning yoki uning vakilining telefonlari, fakslari raqamlari, elektron manzili ko'rsatilishi mumkin. Ishda ishtirok etmagan shaxsning taftish tartibidagi shikoyatida qonuniy kuchga kirgan sud hujjati bilan mazkur shaxsning qanday huquqlari, erkinliklari yoki qonuniy manfaatlari buzilganligi ko'rsatilishi kerak. Taftish tartibidagi shikoyat shikoyatni berayotgan shaxs yoki uning vakili tomonidan imzolanishi kerak. Protest protestni keltirgan mansabdor shaxs tomonidan imzolangan bo'lishi kerak.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.