Iqtisodiy protsessual kodeksi

315-modda. Qoraqalpog'iston Respublikasi sudi, viloyatlar, Toshkent shahar sudlari tomonidan taftish tartibidagi shikoyatni (protestni) ish yuritishga qabul qilish

Ushbu Kodeksda belgilangan shakl va mazmun talablariga rioya qilingan holda berilgan taftish tartibidagi shikoyat (protest) ish yuritishga qabul qilinadi va sud muhokamasida ko'rib chiqish uchun tayinlanadi. Taftish tartibidagi shikoyatni (protestni) ish yuritishga qabul qilish to'g'risidagi ajrimda quyidagilar ko'rsatilishi kerak: 1) ajrim chiqarilgan sana va joy; 2) ajrim chiqargan sudyaning familiyasi, ismi-sharifining bosh harflari; 3) shikoyatni (protestni) bergan shaxsning nomi (familiyasi, ismi, otasining ismi); 4) ustidan shikoyat qilinayotgan (protest keltirilayotgan) sud hujjatlari; 5) sud majlisini o'tkazish vaqti va joyi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.