Iqtisodiy protsessual kodeksi

317-modda. Taftish tartibidagi shikoyatni (protestni) qaytarish

(317-модда биринчи қисмининг 2-банди Ўзбекистон Республикасининг 2024 йил 30 сентябрдаги ЎРҚ-968-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 30.09.2024 й., 03/24/968/0760-сон)

Taftish instantsiyasi sudining sudyasi taftish tartibidagi shikoyatni (protestni) quyidagi hollarda qaytaradi, agar: 1) shikoyat (protest) imzolanmagan bo'lsa yoxud uni imzolash huquqiga ega bo'lmagan shaxs tomonidan yoki mansab mavqei yoki familiyasi, ismi-sharifining bosh harflari ko'rsatilmagan shaxs tomonidan imzolangan bo'lsa; 2) shikoyatning (protestning) mazmuniga nisbatan ushbu Kodeksning 11-moddasida belgilangan talablarga rioya etilmagan yoki taftish tartibidagi shikoyatga (protestga) ushbu Kodeks 313-moddasining uchinchi va to'rtinchi qismlarida ko'rsatilgan hujjatlar yoxud prokuror ishtirokisiz ko'rilgan ish bo'yicha protestga ishda ishtirok etuvchi shaxslar, ishda ishtirok etishga jalb qilinmagan, ammo huquqlari va majburiyatlari to'g'risida sud hal qiluv qarori qabul qilgan shaxslar murojaatining ko'chirma nusxasi ilova qilinmagan bo'lsa, bundan qonunda prokurorning ishtirok etishi nazarda tutilgan bo'lib, biroq u sud muhokamasining vaqti va joyi to'g'risida tegishli tarzda xabardor qilinmasdan ko'rilgan ishlar mustasno; 3) shikoyatga (protestga) uning ko'chirma nusxalari ishda ishtirok etuvchi shaxslarga yuborilganligini tasdiqlovchi dalillar ilova qilinmagan bo'lsa; 4) shikoyatga davlat boji hamda pochta xarajatlari belgilangan tartibda va miqdorda to'langanligini tasdiqlovchi hujjatlar ilova qilinmagan bo'lsa, qonunda davlat bojini to'lash muddatini kechiktirish, bo'lib-bo'lib to'lash imkoniyati nazarda tutilgan hollarda esa, bu haqda iltimosnoma mavjud bo'lmasa yoxud iltimosnoma rad etilgan bo'lsa; 5) shikoyat (protest) belgilangan muddat o'tganidan keyin berilgan bo'lsa va o'tkazib yuborilgan muddatni tiklash to'g'risida iltimosnoma mavjud bo'lmasa; 6) shikoyat (protest) ish yuritishga qabul qilinganligi to'g'risida sud ajrimi chiqarilguniga qadar shikoyat bergan (protest keltirgan) shaxsdan uni qaytarib olish (chaqirib olish) to'g'risida ariza tushgan bo'lsa; 7) shikoyat (protest) ushbu Kodeks 309-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan holda hal qiluv qarorini qabul qilgan sudni chetlab o'tib yuborilgan bo'lsa. Taftish tartibidagi shikoyatni (protestni) qaytarish to'g'risidagi ajrimda shikoyatni (protestni) qaytarish asoslari ko'rsatiladi, shikoyatni berishda to'langan davlat bojini qaytarish to'g'risidagi masala hal etiladi. Taftish tartibidagi shikoyatni (protestni) qaytarish to'g'risidagi ajrimning ko'chirma nusxasi shikoyatni (protestni) bergan shaxsga shikoyat (protest) va unga ilova qilingan hujjatlar bilan birga yuboriladi. Taftish tartibidagi shikoyatni (protestni) qaytarish to'g'risidagi ajrim bekor qilingan taqdirda, taftish tartibidagi shikoyat (protest) dastlab sudga murojaat qilingan kunda berilgan hisoblanadi. Ushbu moddaning birinchi qismida ko'rsatilgan holatlar bartaraf etilgach, shikoyatni (protestni) bergan shaxs taftish tartibidagi shikoyat (protest) bilan sudga umumiy tartibda yangidan murojaat qilishga haqli.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.