Iqtisodiy protsessual kodeksi

320-modda. Taftish tartibidagi shikoyatni O'zbekiston Respublikasi Oliy sudining Iqtisodiy ishlar bo'yicha sudlov hay'atiga ko'rib chiqish uchun o'tkazishni rad etish to'g'risidagi ajrim

O'zbekiston Respublikasi Oliy sudi sudyasining taftish tartibidagi shikoyatni O'zbekiston Respublikasi Oliy sudining Iqtisodiy ishlar bo'yicha sudlov hay'atiga ko'rib chiqish uchun o'tkazishni rad etish to'g'risidagi ajrimida quyidagilar ko'rsatilishi kerak: 1) ajrim chiqarilgan sana va joy; 2) ajrim chiqargan sudyaning familiyasi va ismi-sharifining bosh harflari; 3) taftish tartibidagi shikoyatni bergan shaxsning nomi (familiyasi, ismi, otasining ismi); 4) ustidan shikoyat qilinayotgan sud hujjatlari; 5) sud hujjatlari qabul qilingan ish mazmunining qisqacha bayoni; 6) taftish tartibidagi shikoyatni O'zbekiston Respublikasi Oliy sudining Iqtisodiy ishlar bo'yicha sudlov hay'atiga ko'rib chiqish uchun o'tkazishni rad etish sabablari. Taftish tartibidagi shikoyatni O'zbekiston Respublikasi Oliy sudining Iqtisodiy ishlar bo'yicha sudlov hay'atiga ko'rib chiqish uchun o'tkazishni rad etish to'g'risidagi ajrim chiqarilganda shikoyat va unga ilova qilingan hujjatlar sudda qoladi. O'zbekiston Respublikasi Oliy sudining raisi yoki uning o'rinbosari taftish tartibidagi shikoyatni O'zbekiston Respublikasi Oliy sudining Iqtisodiy ishlar bo'yicha sudlov hay'atiga ko'rib chiqish uchun o'tkazishni rad etish to'g'risidagi sudyaning ajrimiga qo'shilmaslikka hamda taftish tartibidagi shikoyatni bergan shaxsning arizasi asosida uni bekor qilish va ish bilan birga ko'rib chiqish uchun O'zbekiston Respublikasi Oliy sudining Iqtisodiy ishlar bo'yicha sudlov hay'atiga o'tkazish haqida ajrim chiqarishga haqli. Taftish tartibidagi shikoyatni O'zbekiston Respublikasi Oliy sudining Iqtisodiy ishlar bo'yicha sudlov hay'atiga ko'rib chiqish uchun o'tkazishni rad etish to'g'risidagi ajrimni bekor qilish haqidagi ariza sud hujjati ustidan taftish tartibida shikoyat qilish uchun belgilangan muddat doirasida berilishi mumkin. Ushbu moddaning to'rtinchi qismida belgilangan muddat o'tganidan keyin berilgan ariza ko'rib chiqilmaydi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.