Iqtisodiy protsessual kodeksi

323-modda. Taftish tartibidagi shikoyat (protest) bo'yicha sud hujjatlari ijrosini to'xtatib turish

Ishda ishtirok etuvchi shaxslarning iltimosnomasiga ko'ra, taftish instantsiyasi sudi (sudyasi) sud hujjatlarining ijrosini taftish tartibida ish yuritish tamomlanguniga qadar to'xtatib turishga haqli. Sud hujjati ijrosini to'xtatib turish to'g'risida yoki uning ijrosini to'xtatib turishni rad etish haqida taftish tartibidagi shikoyatni (protestni) ish yuritishga qabul qilish to'g'risidagi ajrimda ko'rsatiladi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.