Taftish tartibida ish sud majlisida ushbu Kodeksda nazarda tutilgan qoidalarga ko'ra, mazkur bobda belgilangan o'ziga xos xususiyatlar inobatga olingan holda ko'riladi.
Taftish tartibida: ishlarni bitta ish yuritishga birlashtirish to'g'risidagi; da'voning predmetini yoki asosini, da'vo talablarining miqdorini o'zgartirish haqidagi; qarshi da'vo taqdim etish to'g'risidagi; ishda ishtirok etishga uchinchi shaxslarni jalb qilish haqidagi qoidalar qo'llanilmaydi.
Taftish tartibida ishni ko'rish raislik qiluvchining yoki sudyalardan birining ma'ruzasi bilan boshlanadi.
Ma'ruzachi ishning holatlarini, sud hujjatlarining mazmunini, taftish tartibidagi shikoyat (protest) vajlarini va unga doir kelib tushgan yozma fikrni bayon qiladi. Shundan so'ng sud sud majlisida hozir bo'lgan ishda ishtirok etuvchi shaxslarning tushuntirishlarini eshitadi.
Dastlab taftish tartibida shikoyat bergan shaxs yoki uning vakili yoxud, agar ish prokurorning protesti bo'yicha ko'rilayotgan bo'lsa, prokuror so'zga chiqadi. Sud hujjati ustidan har ikkala taraf tomonidan shikoyat berilgan bo'lsa, birinchi bo'lib da'vogar so'zga chiqadi.
Ushbu Kodeksning 50-moddasida nazarda tutilgan tartibda ishda ishtirok etuvchi davlat organlari va boshqa shaxslar, agar ular hal qiluv qarori ustidan shikoyat bermagan bo'lsa, taraflar va uchinchi shaxslardan keyin so'zga chiqadi.
Ishda ishtirok etuvchi shaxslarning tushuntirishlari va prokuror fikri eshitilganidan so'ng sud qaror qabul qilish uchun maslahatxonaga kiradi.
Sud muhokamasi tugaganidan keyin qabul qilingan qarorning xulosa qismi e'lon qilinadi va u ishga qo'shib qo'yiladi.
Qaror besh kun ichida to'liq hajmda tuziladi va imzolanadi.
Raislik qiluvchi qarorning xulosa qismi e'lon qilinganidan keyin ishda ishtirok etuvchi shaxslarga qarorning to'liq hajmda tuzilishi va ularga yuborilishi muddatini tushuntiradi.
lex.uz’dagi asl matn324⁴-modda. Ishni taftish instantsiyasi sudida ko'rish tartibi
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.