Iqtisodiy protsessual kodeksi

328-modda. Qonuniy kuchga kirgan sud hujjatini yangi ochilgan holatlar bo'yicha qayta ko'rish to'g'risidagi arizani berish tartibi va muddati

(328-модданинг биринчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2021 йил 12 январдаги ЎРҚ-663-сонли Қонуни таҳририда — Қонун ҳужжатлари маълумотлари миллий базаси, 13.01.2021 й., 03/21/663/0013-сон)

Qonuniy kuchga kirgan sud hujjatini yangi ochilgan holatlar bo'yicha qayta ko'rish to'g'risidagi ariza ushbu sud hujjatini qabul qilgan sudga sud hujjatini qayta ko'rish uchun asos bo'ladigan holatlar ochilgan kundan e'tiboran bir oydan kechiktirmay, ishda ishtirok etuvchi shaxslar tomonidan beriladi. Arizaning va unga ilova qilingan hujjatlarning ko'chirma nusxalari ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarga yuborilganligini tasdiqlovchi hujjatlar arizaga ilova qilinadi. Ariza berishning o'tkazib yuborilgan muddati, ariza bilan murojaat qilgan shaxsning iltimosnomasi bo'yicha, agar iltimosnoma qayta ko'rish uchun asos bo'ladigan holatlar ochilgan kundan e'tiboran olti oydan kechiktirmay berilgan bo'lsa va sud muddatni o'tkazib yuborish sabablarini uzrli deb topsa, sud tomonidan tiklanishi mumkin. Sud hujjati qonuniy kuchga kirgan paytdan e'tiboran uch yil o'tgach berilgan arizalar ko'rib chiqilmaydi, bundan ushbu Kodeks 327-moddasining 2 — 4-bandlarida nazarda tutilgan asoslar bo'yicha berilgan arizalar mustasno.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.