Sud hujjatining qaytarma ijrosi to'g'risidagi masala ilgari qabul qilingan sud hujjatini bekor qilish yoki o'zgartirish haqida yangi sud hujjatini qabul qilgan sud tomonidan hal etiladi.
Agar sud hujjatini bekor qilish yoki o'zgartirish to'g'risidagi qarorda uning qaytarma ijrosi to'g'risida ko'rsatma bo'lmasa, javobgar birinchi instantsiya sudiga tegishli ariza berishga haqli.
Sud hujjatining qaytarma ijrosi to'g'risidagi ariza sudga kelib tushgan kundan e'tiboran yigirma kunlik muddatda, taraflar chaqirtirilmasdan va sud muhokamasisiz sud majlisida ko'rib chiqiladi.
Sud hujjatining qaytarma ijrosi to'g'risidagi arizaga ilgari qabul qilingan sud hujjati ijro etilganligini tasdiqlovchi hujjat ilova qilinadi.
Sud hujjatining qaytarma ijrosi to'g'risidagi arizani ko'rib chiqish natijalari bo'yicha ajrim chiqariladi.
Ajrim ustidan shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) mumkin.
Sud hujjatining qaytarma ijrosi to'g'risidagi ariza qanoatlantirilgan taqdirda, sud undirilgan pul mablag'larini, mol-mulkni yoki uning qiymatini qaytarish uchun ijro varaqasi beradi.
lex.uz’dagi asl matn344-modda. Sud hujjatining qaytarma ijrosi to'g'risidagi masalani hal qilish
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.