Guvoh advokatning yuridik yordamidan foydalanish, iqtisodiy sud ishi yuritilayotgan tilni bilmasa yoki yetarli darajada bilmasa, o'z ona tilida ko'rsatuvlar berish va bu holda tarjimon xizmatidan foydalanish, ko'rsatuvlarini o'z qo'li bilan yozib berish, ko'rsatuvlar berishda yozma qaydlar va hujjatlardan foydalanish huquqiga ega.
Guvoh sudning chaqiruviga binoan kelishi, ish yuzasidan o'zi xabardor bo'lgan ma'lumotlar va holatlar haqida to'g'ri ko'rsatuvlar berishi, sudya va ishda ishtirok etuvchi shaxslarning savollariga javob berishi, sud majlisi vaqtida tartibga rioya etishi shart.
Guvoh bila turib yolg'on ko'rsatuvlar berganlik uchun jinoiy javobgar bo'ladi, sud tomonidan bu haqda ogohlantirilib, tilxat olinadi.
Hech kim o'ziga va yaqin qarindoshlariga qarshi guvohlik berishga majbur emas.
Qonunga muvofiq kasbiy burchini bajarishi jarayonida o'ziga ma'lum bo'lgan ma'lumotlar va holatlar yuzasidan ko'rsatuv berishni rad qilish huquqiga ega bo'lgan shaxslarga nisbatan ko'rsatuv berish majburiyati tatbiq etilmaydi.
lex.uz’dagi asl matn54-modda. Guvohning huquq va majburiyatlari
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.