Tarjimon: tarjimani aniqlashtirish uchun sud majlisi ishtirokchilariga savollar berish; agar tarjima qilish uchun tegishli bilimga ega bo'lmasa, sud muhokamasida ishtirok etishni rad qilish; sud majlisi bayonnomasi bilan tanishish; tarjima yozuvlarining yozilishi to'g'riligi xususida e'tirozlar taqdim etish huquqiga ega.
Tarjimon:
sud chaqiruvi bo'yicha kelishi;
tarjimani aniq, to'liq va to'g'ri amalga oshirishi;
sud majlisi vaqtida tartibga rioya etishi shart.
Tarjimon bila turib noto'g'ri tarjima qilganlik, yopiq sud majlisi muhokamasi ma'lumotlarini hamda tafsilotlarini sudning ruxsatisiz oshkor qilganlik uchun jinoiy javobgar bo'ladi, sud tomonidan bu haqda ogohlantirilib, undan tilxat olinadi.
lex.uz’dagi asl matn60-modda. Tarjimonning huquq va majburiyatlari
(60-модданинг учинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2025 йил 26 сентябрдаги ЎРҚ-1084-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 26.09.2025 й., 03/25/1084/0874-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.