Agar qonunchilikda boshqacha tartib belgilanmagan bo'lsa, ushbu Qonunning 6-moddasida ko'rsatilgan, ipotekaga qo'yuvchiga mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar yoki shartnomaviy asosda tegishli bo'lgan mol-mulkka ipoteka belgilanishi mumkin.
Tarixiy, ilmiy, badiiy yoki o'zga madaniy qimmati yoxud davlat xavfsizligini ta'minlash manfaatlari nuqtai nazaridan ipoteka qo'llanilishi mumkin bo'lmagan ob'yektlar ro'yxati O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Agar tasarrufdan chiqarilishi uchun boshqa shaxsning yoki organning roziligi yoxud ruxsatini olish talab etiladigan mol-mulk ipoteka narsasi bo'lsa, bu mol-mulk ipotekasi uchun shunday rozilik yoki ruxsat olish zarur.
Umumiy birgalikdagi mulk (mulkdorlardan har birining mulk huquqidagi ulushi belgilanmagan holda) bo'lgan mol-mulk faqat barcha mulkdorlarning yozma roziligi bilan ipotekaga qo'yilishi mumkin.
Umumiy ulushli mulk ishtirokchisi umumiy mulk huquqidagi o'z ulushini boshqa mulkdorlarning roziligisiz ipotekaga qo'yishi mumkin.
lex.uz’dagi asl matn9-modda. Mol-mulkni ipotekaga qo'yish huquqi
(9-модданинг биринчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2021 йил 21 апрелдаги ЎРҚ-683-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 21.04.2021 й., 03/21/683/0375-сон)
Oddiy tilda
IPOTEKAGA QO'YISH HUQUQI
Nimani anglatadi
Ipotekaga qo'yish — bu mol-mulk egasi o'z mulkini qarz olish uchun kafolat sifatida bank yoki boshqa kreditor oldida taqdim etishidir. Shunday qilib, agar qarz qaytarilmasa, kreditor bu mulkni sotib o'z puli qaytarishi mumkin. Qonun ko'rsatadi — qaysi narsalar ipotekaga qo'yilishi mumkin va qaysi narsalar mumkin emas.
Kimga tegishli
Bu huquq mol-mulk egasiga va ipotekaga qo'yuvchiga tegishli.
Amalda
Odam bankdan uy sotib olish uchun pul qarz olmoqchi. U o'z uyini ipotekaga qo'yadi — agar qarz qaytarmasa, bank uyni sotadi. Shuningdek, agar uy ikki kishiga birgalikda tegishli bo'lsa, ikkalasi ham roziligi bilan ipotekaga qo'yilishi kerak.
Izoh sun’iy intellekt tomonidan tayyorlangan, rasmiy sharh emas.
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.