Jinoyat-ijroiya kodeksi

100-modda. Mahkumlarning umumiy o'rta ta'limi

(100-модданинг иккинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2022 йил 17 майдаги ЎРҚ-770-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 18.05.2022 й., 03/22/770/0424-сон)

Jazoni ijro etish muassasalarida mahkumlarning umumiy o'rta ta'limi tashkil etiladi. Muassasa ma'muriyati mahkumlarga ular ta'lim olishi va mustaqil ta'lim olishi uchun qonunchilikda belgilangan tartibda sharoitlar yaratadi hamda zarur ko'mak ko'rsatadi. Yoshi o'ttizdan oshgan mahkumlar, I va II guruh nogironligi bo'lgan shaxslar xohishlariga ko'ra ta'lim olishga jalb etiladilar. Mahkumlarning oliy va o'rta maxsus o'quv yurtlarida ta'lim olishiga yo'l qo'yilmaydi, manzil-koloniyalardagi mahkumlar bundan mustasno bo'lib, ular o'quv yurtlarining sirtqi bo'limlarida ta'lim olishlari mumkin. O'quv yurtlarida ta'lim olayotgan mahkumlar imtihonlarni topshirish uchun qonunchilikka muvofiq ishdan ozod qilinadi. Mahkumlarning umumiy o'rta ta'limini tashkil etish qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.