Jinoyat-ijroiya kodeksi

104-modda. Mahkumlarning saqlash sharoitini o'zgartirish bilan bog'liq rag'batlantirish choralarini qo'llash tartibi

(104-модданинг биринчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2003 йил 30 августдаги 535-II-сон Қонуни таҳририда — Олий Мажлис Ахборотномаси, 2003 й., 9-10-сон, 149-модда)

Yengillashtirilgan saqlash sharoitlariga intizomiy jazosi yo'q mahkumlar: qasddan sodir etilgan uncha og'ir bo'lmagan jinoyat uchun sud tayinlagan jazo muddatining kamida olti oyini o'taganidan keyin; sodir etilgan og'ir jinoyat uchun sud tayinlagan jazo muddatining kamida chorak qismini o'taganidan keyin; sodir etilgan o'ta og'ir jinoyat uchun sud tayinlagan jazo muddatining kamida uchdan bir qismini o'taganidan keyin o'tkaziladi. Mahkumlar turmadan jazoni ijro etish koloniyasiga va maxsus tartibli koloniyadan qattiq tartibli koloniyaga sud tayinlagan jazo muddatining kamida yarmini o'taganlaridan keyin, Jinoyat-protsessual kodeksining 537-moddasida nazarda tutilgan tartibda o'tkaziladi. Mahkumlar qattiq va umumiy tartibli koloniyadan manzil-koloniyaga ushbu Kodeks 113-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida nazarda tutilgan hollarda va tartibda o'tkaziladi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.