Jinoyat-ijroiya kodeksi

111-modda. Jazoni o'tash tartibini qo'pol tarzda buzish

(111-модданинг биринчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2023 йил 23 мартдаги ЎРҚ-825-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 23.03.2023 й., 03/23/825/0164-сон)

O'zbekiston Respublikasining Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksida nazarda tutilgan qilmishni sodir etish, yil mobaynida kamida ikki marta mehnatdan bo'yin tovlash, shuningdek ichki tartib-qoidalar bilan taqiqlangan buyumlar va narsalarni saqlash, tarqatish, iste'mol qilish hamda ulardan foydalanish jazoni o'tash tartibini qo'pol tarzda buzish deb hisoblanadi. Mahkumning jazoni ijro etish muassasasi hududini yoki ma'muriyat yo'llanmasi bilan bo'lishi kerak bo'lgan boshqa joyni o'zboshimchalik bilan tashlab ketishi ham manzil-koloniyada jazoni o'tash tartibini qo'pol tarzda buzish deb hisoblanadi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.