Jinoyat-ijroiya kodeksi

113-modda. Manzil-koloniyalarda jazoni o'tash tartibi

(113-модда иккинчи қисмининг иккинчи хатбошиси Ўзбекистон Республикасининг 2023 йил 23 мартдаги ЎРҚ-825-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 23.03.2023 й., 03/23/825/0164-сон)

Manzil-koloniyalarda: mazkur muassasalarga sud hukmiga binoan kelgan voyaga yetgan mahkumlar; umumiy, qattiq tartibli koloniyalardan va tarbiya koloniyalaridan sudning ajrimi asosida o'tkazilgan voyaga yetgan mahkumlar; ijtimoiy xavfi katta bo'lmagan jinoyati, ehtiyotsizlik oqibatida sodir etilgan jinoyati uchun va qasddan sodir etgan uncha og'ir bo'lmagan jinoyati uchun ozodlikdan mahrum qilish bilan bog'liq bo'lmagan jazoni ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo bilan almashtirish tarzida sudning ajrimi asosida yuborilgan voyaga yetgan mahkumlar jazoni o'taydi. Manzil-koloniyalarga tuzalish yo'liga o'tgan va: og'ir jinoyati uchun, shuningdek qasddan sodir etgan jinoyati uchun, agar u ilgari qasddan sodir etgan jinoyati uchun ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan bo'lsa, sud tayinlagan jazo muddatining kamida uchdan bir qismini o'tagan mahkumlar; o'ta og'ir jinoyati uchun, shuningdek jazodan muddatidan ilgari shartli ravishda ozod qilish yoki jazoni yengilrog'i bilan almashtirish qo'llanilgan va jazoning o'talmagan qismi mobaynida qasddan sodir etgan yangi jinoyati uchun sud tayinlagan jazo muddatining kamida yarmini o'tagan mahkumlar o'tkaziladi. Manzil-koloniyalarga quyidagilar o'tkazilmaydi: o'ta xavfli retsidivistlar; uzoq muddatga ozodlikdan mahrum qilinganlar, shuningdek umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosi afv etish tartibida ozodlikdan mahrum qilish bilan almashtirilgan shaxslar; jazoni o'tash davrida ushbu Kodeksning 112¹-moddasida nazarda tutilgan tartibda manzil-koloniyadan umumiy tartibli koloniyaga o'tkazilgan, shuningdek umumiy yoki qattiq tartibli koloniyaga qaytarilgan mahkumlar sud tomonidan bu haqda ajrim chiqarilgan kundan e'tiboran kamida ikki yil mobaynida; manzil-koloniyada jazoni o'tash vaqtida jinoyat sodir etgan va sud tomonidan ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazoga hukm qilingan mahkumlar; yopiq turdagi tibbiyot muassasalarida maxsus davolanish talab etiladigan yuqumli kasalliklarga chalingan bemorlar. majburiy davolanishdan o'tayotgan mahkumlar; mehnatga qobiliyatsiz mahkumlar. Bitta manzil-koloniyada mahkum erkaklar va ayollar saqlanishi mumkin.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.