Jinoyat-ijroiya kodeksi

12-modda. Mahkumlarning vijdon erkinligini ta'minlash

(12-модданинг иккинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2017 йил 29 мартдаги ЎРҚ-421-сон Қонуни таҳририда — ЎР ҚҲТ, 2017 й., 13-сон, 194-модда)

Mahkumlarga vijdon erkinligi kafolatlanadi. Ular har qanday dinga e'tiqod qilishga yoki hech qanday dinga e'tiqod qilmaslikka haqli. Ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazoni o'tayotgan shaxslar huzuriga, ularning iltimosiga ko'ra, belgilangan tartibda ro'yxatdan o'tgan diniy birlashmalarning ruhoniylari taklif etiladi. Mahkumlarga diniy rasm-rusumlarni ado etishga, ibodat uchun kerakli narsalardan va diniy adabiyotlardan foydalanishga ruxsat etiladi. Diniy rasm-rusumlarni ado etish ixtiyoriy bo'lib, bu narsa jazoni ijro etuvchi muassasaning ichki tartib qoidalarini buzmasligi, shuningdek boshqa shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini kamsitmasligi lozim.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.