Tarbiya koloniyalarida mahkumlar umumiy turar joylarda yashaydilar.
Mahkumlar belgilangan mehnatga haq to'lash eng kam miqdorining 87,9 foizigacha bo'lgan summaga oziq-ovqat mahsulotlari va eng zarur narsalar sotib olishlari mumkin.
Tarbiya koloniyalarida mahkumlar yil mobaynida:
yigirma to'rt marta qisqa muddatli va sakkiz marta uzoq muddatli uchrashuv;
yigirma to'rt marta masofali video-uchrashuv yoki telefon orqali so'zlashuv;
o'n ikkita posilka yoki yo'qlov;
o'n ikkita banderol olish huquqiga ega.
Voyaga yetmagan mahkumlarga ota-onasi va ularning o'rnini bosuvchi shaxslar bilan uchrashuvlar cheklanmagan miqdorda beriladi.
O'n sakkiz yoshga to'lgan va tarbiya koloniyalarida qoldirilgan mahkumlarga voyaga yetmagan mahkumlar uchun belgilangan normalarda ovqat, ust-bosh, moddiy-maishiy ta'minot va boshqa jazo o'tash sharoitlari tatbiq etiladi. Bu shaxslarning mehnat sharoitlari mehnat to'g'risidagi qonunchilikka muvofiq belgilanadi.
lex.uz’dagi asl matn125-modda. Tarbiya koloniyalarida jazoni o'tash shartlari
(125-модда учинчи қисмининг учинчи хатбошиси Ўзбекистон Республикасининг 2026 йил 15 январдаги ЎРҚ-1112-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 15.01.2026 й., 03/26/1112/0045-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.