Jinoyat-ijroiya kodeksi

133-modda. Mahkuma ayollarning muassasa doirasidan chetga qisqa muddatli chiqishi

(133-модданинг иккинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2022 йил 17 майдаги ЎРҚ-770-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 18.05.2022 й., 03/22/770/0424-сон)

Maktabgacha yoshdagi bolalari bor mahkuma ayollarga bolalarini qarindoshlarinikiga, vasiylarinikiga yoki bolalar muassasalariga joylashtirib kelish uchun borish-kelish vaqtini (to'rt sutkagacha) hisobga olmagan holda o'n besh sutkagacha muddatga chetga chiqishga ruxsat etilishi mumkin. Voyaga yetmagan nogironligi bo'lgan bolalari bor ayollarga bir yilda bir marta ular bilan uchrashish uchun yo'lga ketadigan vaqtni hisobga olmaganda yetti sutkagacha bo'lgan muddatga chetga chiqishga ruxsat etiladi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.