Shartli hukm qilingan shaxslarning xulq-atvori ustidan nazorat ichki ishlar organlari, harbiy xizmatchilarga nisbatan esa — ular xizmatni o'tayotgan joydagi harbiy qismlar (muassasalar) qo'mondonligi tomonidan amalga oshiriladi.
Tibbiy yo'sindagi majburlov choralari:
ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan ruhiy holati buzilgan shaxslarga nisbatan — sog'liqni saqlash organlarining tibbiy muassasalari tomonidan;
alkogolizmga, giyohvandlikka yoki zaharvandlikka yo'liqqan yoxud ruhiy holati aqli rasolikni istisno etmaydigan tarzda buzilgan mahkumlarga nisbatan — sog'liqni saqlash organlarining tibbiy muassasalari tomonidan, ozodlikdan mahrum etishga hukm qilinganda esa, jazoni ijro etish muassasalarining davolash-profilaktika yordami ko'rsatish bo'limlarida hamda mahkumlarga mo'ljallangan ixtisoslashgan shifoxonada.
Voyaga yetmaganlarga nisbatan majburlov choralari:
jabrlanuvchidan uzr so'rash, yetkazilgan zararni to'lash yoki bartaraf etish majburiyatini yuklash — sud tomonidan;
maxsus o'quv-tarbiya muassasasiga joylashtirish — xalq ta'limi organlari tomonidan ijro etiladi.
lex.uz’dagi asl matn15-modda. Boshqa jinoyat-huquqiy ta'sir choralarini ijro etuvchi muassasalar va organlar
(15-модда иккинчи қисмининг иккинчи хатбошиси Ўзбекистон Республикасининг 2019 йил 12 сентябрдаги ЎРҚ-567-сонли Қонуни таҳририда — Қонун ҳужжатлари маълумотлари миллий базаси, 13.09.2019 й., 03/19/567/3737-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.