Intizomiy qismda mahkumlar qisqa va uzoq muddatli uchrashuvlar olish huquqiga ega.
Mahkumlarning qarindoshlari va boshqa shaxslar bilan qisqa muddatli uchrashuvi oyda bir marta to'rt soatgacha bo'lgan muddatda beriladi. Bunday uchrashuvlar ishdan va mashg'ulotlardan bo'sh vaqtda, maxsus jihozlangan xonada, intizomiy qism vakili kuzatuvi ostida o'tkaziladi.
Mahkumlarning yaqin qarindoshlari bilan uzoq muddatli uchrashuvlari yiliga uch marta uch sutkagacha bo'lgan muddatda beriladi. Bunday uchrashuvlar intizomiy qismning maxsus jihozlangan binosida yoki qism komandirining ruxsati bilan intizomiy qism hududidan tashqarida o'tkaziladi. Uzoq muddatli uchrashuv vaqtida mahkumlar ishdan va mashg'ulotlardan ozod qilinadi.
Mahkumning iltimosiga ko'ra uchrashuv telefon orqali so'zlashuv bilan almashtirilishi mumkin.
Uchrashuvlar va telefon orqali so'zlashuvlar berish tartibi O'zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi tomonidan belgilanadi.
lex.uz’dagi asl matn151-modda. Mahkumlarning uchrashuvlari
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.