Intizomiy qismda mahkumlarga quyidagi rag'batlantirish choralari qo'llaniladi:
tashakkur e'lon qilish;
ilgari qo'llanilgan intizomiy jazo chorasini olib tashlash;
qo'shimcha ravishda bir marta uchrashuv yoki telefon orqali so'zlashuv huquqini berish.
Yaxshi xulq-atvori hamda mehnatga va harbiy xizmatga vijdonan munosabati uchun mahkumlar, sud tomonidan tayinlangan jazo muddatining kamida uchdan bir qismini o'taganlaridan so'ng, intizomiy qism komandirining buyrug'i bilan axloqan tuzalayotganlar qatoriga qo'shiladi.
Axloqan tuzalayotganlar qatoriga qo'shilgan mahkumlar jazo muddatining kamida yarmini o'taganlaridan keyin qonunda belgilangan tartibda jazodan muddatidan oldin shartli ozod qilishga taqdim etiladi.
lex.uz’dagi asl matn157-modda. Rag'batlantirish choralari
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.