Jinoyat-ijroiya kodeksi

164-modda. Mahkumlarni muddatidan ilgari shartli ozod qilishga, shuningdek jazoni yengilrog'i bilan almashtirishga taqdim etish tartibi

(164-модданинг тўртинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2023 йил 15 февралдаги ЎРҚ-817-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 16.02.2023 й., 03/23/817/0091-сон)

Jazodan muddatidan ilgari shartli ozod qilish, shuningdek jazoni yengilrog'i bilan almashtirish sud tomonidan Jinoyat-protsessual kodeksining 536-moddasida belgilangan tartibda qo'llaniladi. Mahkum jazo muddatining Jinoyat kodeksi 73, 74, 89 va 90-moddalarida belgilangan qismini o'tab bo'lganidan so'ng bir oylik muddat ichida jazoni ijro etuvchi muassasa yoki organ ma'muriyati uni jazoni o'tashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilish yoki jazoning o'talmagan qismini yengilroq jazo bilan almashtirishga taqdim etish masalasini agar mahkum yoki uning advokati tegishli iltimosnoma bilan sudga bevosita murojaat etmagan bo'lsa ko'rib chiqishi hamda taqdim qilish yoki rad etish haqida qaror chiqarishi shart. Ma'muriyat mahkumni jazodan muddatidan ilgari shartli ozod qilishga yoki jazoni yengilrog'i bilan almashtirishga taqdim etishni rad etgan taqdirda mahkum yoki uning advokati sudga tegishli iltimosnoma bilan murojaat etishga haqli. Mahkumni jazoni o'tashdan muddatidan ilgari shartli ravishda ozod qilishga yoki jazoni yengilrog'i bilan almashtirishga taqdim etish masalasini ma'muriyat tomonidan qayta ko'rib chiqish jazoni ijro etish muassasasi ma'muriyatining yoki jazoni ijro etuvchi organning jazoni o'tashdan muddatidan ilgari shartli ravishda ozod qilishni yoki jazoni yengilrog'i bilan almashtirishni rad etish haqidagi qarori chiqarilgan kundan e'tiboran uch oy o'tgach, basharti mahkum tuzalish yo'liga o'tgan bo'lsa, amalga oshiriladi. Muayyan huquqdan mahrum etish tariqasidagi jazodan ozod qilish jamoat birlashmasi, jamoa, mahkumning o'zi yoki uning himoyachisi iltimosnomasiga binoan sud tomonidan amalga oshiriladi. Sud jazodan muddatidan ilgari shartli ozod qilish yoki jazoni yengilrog'i bilan almashtirishni rad etgan taqdirda, bu haqda ajrim chiqqan kundan boshlab kamida olti oy o'tganidan keyin taqdimnoma takroran kiritilishi yoki iltimosnoma takroran berilishi mumkin.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.