Jazoni ijro etuvchi muassasa yoki organ ma'muriyati Jinoyat kodeksining 75-moddasida nazarda tutilgan hollarda mahkumni jazoni o'tashni davom ettirishdan ozod qilish to'g'risida sudga taqdimnoma kiritadi. Ayni bir vaqtda sudga tibbiy komissiya xulosasi va mahkumning shaxsiy hujjatlar yig'majildi yuboriladi.
Mahkumni ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazodan kasalligi tufayli ozod qilish to'g'risidagi taqdimnoma O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining maxsus tibbiy komissiyasi xulosasi asosida kiritiladi. Bunday kasalliklar ro'yxati O'zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi va O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.
Mahkumni axloq tuzatish ishlari tariqasidagi jazodan mehnat qobiliyatini yo'qotganligi oqibatida ozod qilish to'g'risidagi taqdimnoma tibbiy-mehnat ekspert komissiyasi xulosasi asosida kiritiladi.
Jazoni o'tash davrida homiladorlik va tug'ish ta'tili berilgan ayollarni jazodan ozod qilish to'g'risidagi taqdimnoma bunday ta'til huquqini beruvchi tibbiy hujjat asosida kiritiladi.
Harbiy xizmatchilarni intizomiy qismga jo'natish yoki xizmat bo'yicha cheklash tariqasidagi jazoni o'tashdan ozod qilish to'g'risidagi taqdimnoma tegishli harbiy-tibbiy komissiyaning ularni harbiy xizmatga yaroqsiz deb topish haqidagi xulosasi asosida kiritiladi. Ayol harbiy xizmatchilar xizmat bo'yicha cheklash tariqasidagi jazoni o'tashdan homiladorlik va tug'ish ta'tili berilishi munosabati bilan ham ozod qilinadilar.
lex.uz’dagi asl matn165-modda. Kasallik tufayli yoki mehnat qobiliyatini yo'qotganlik oqibatida jazodan ozod qilishga taqdim etish tartibi
(165-модданинг иккинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2017 йил 29 мартдаги ЎРҚ-421-сон Қонуни таҳририда — ЎР ҚҲТ, 2017 й., 13-сон, 194-модда)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.