Majburiy jamoat ishlari tariqasidagi jazoni ijro etish mahkumning yashash joyidagi ichki ishlar organlarining probatsiya bo'linmasi tomonidan amalga oshiriladi. Mahkum majburiy jamoat ishlarini o'tashi mumkin bo'lgan joylar (ob'yektlar) va majburiy jamoat ishlarining turlari probatsiya bo'linmalari tomonidan mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining taklifiga ko'ra belgilanadi.
Majburiy jamoat ishlariga hukm qilingan shaxs jazoni o'tashga sudning hukm qonuniy kuchga kirganligi haqidagi xabarnomasi probatsiya bo'linmasiga kelib tushgan kundan e'tiboran o'n kundan kechiktirmay jalb qilinadi.
Mahkumga asosiy ish joyidan navbatdagi har yilgi mehnat ta'tilining berilishi majburiy jamoat ishlari tariqasidagi jazoning ijrosini to'xtatib turmaydi.
Mahkum majburiy jamoat ishlarini o'tashi davrida Jinoyat kodeksi 75-moddasining beshinchi qismida nazarda tutilgan holatlar yuzaga kelgan taqdirda, probatsiya bo'linmasi tomonidan sudga mahkumni jazoni o'tashdan ozod qilish to'g'risida taqdimnoma yuboriladi.
Majburiy jamoat ishlari bepul asosda bajariladi.
Majburiy jamoat ishlari tariqasidagi jazoning ijrosini tashkil etish tartibi va majburiy jamoat ishlari turlarining ro'yxati O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
lex.uz’dagi asl matn25¹-modda. Jazoni ijro etish tartibi va shartlari
(25¹-модданинг биринчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2024 йил 7 августдаги ЎРҚ-938-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 07.08.2024 й., 03/24/938/0591-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.