Majburiy jamoat ishlari tariqasidagi jazo muddati mahkum majburiy jamoat ishlarini o'tashi mobaynidagi soatlar bilan hisoblanadi.
Majburiy jamoat ishlari vaqti dam olish kunlari va mahkum o'qishda yoki asosiy ishda band bo'lmagan kunlari to'rt soatdan, ish kunlari, o'quv darslari (mashg'ulotlar) o'tkaziladigan kunlari esa, ish yoki o'qishdan oldin yoki keyin ikki soatdan, mahkumning iltimosiga ko'ra esa, to'rt soatdan oshmasligi lozim. Mahkum o'taydigan majburiy jamoat ishlarining vaqti, qoida tariqasida, haftasiga o'n ikki soatdan kam bo'lmasligi lozim.
Voyaga yetmagan mahkum tomonidan o'taladigan majburiy jamoat ishlari vaqti dam olish kunlari va mahkum o'qishda yoxud asosiy ishda band bo'lmagan kunlari uch soatdan, ish kunlari, o'quv darslari (mashg'ulotlar) o'tkaziladigan kunlari esa, ikki soatdan, biroq haftasiga uch kundan oshmasligi lozim.
Mahkumga bog'liq bo'lmagan holatlar yuzaga kelgan taqdirda, probatsiya bo'linmasi mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari bilan kelishilgan holda mahkumga hafta yoki oy mobaynida majburiy jamoat ishlari soatlarining kamroq miqdorini ishlab berish uchun ruxsat etishga haqli.
lex.uz’dagi asl matn25⁶-modda. Jazo muddatini hisoblash
(25⁶-модданинг тўртинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2024 йил 7 августдаги ЎРҚ-938-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 07.08.2024 й., 03/24/938/0591-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.