Axloq tuzatish ishlari tariqasidagi jazo ijrosi mahkumning yashash joyidagi ichki ishlar organlarining probatsiya bo'linmasi tomonidan amalga oshiriladi.
Mahkum doimiy yashash joyiga ega bo'lmagan taqdirda hukmning ijrosi hukm chiqarilgan joydagi probatsiya bo'linmasi zimmasiga yuklanadi.
Axloq tuzatish ishlari korxonalarda, muassasalarda va tashkilotlarda o'taladi.
Jazoni o'z ish joyida o'tash sharti bilan axloq tuzatish ishlariga hukm qilingan shaxslar sudlangunga qadar o'zlari ishlagan korxona, muassasa yoki tashkilotda mehnat faoliyatini davom ettiraveradilar.
Jazoni boshqa joylarda o'tash sharti bilan axloq tuzatish ishlariga hukm qilingan shaxslar probatsiya bo'linmasi belgilab beradigan korxona, muassasa va tashkilotlarga yuboriladi. Voyaga yetmagan mahkumlar yashash joyidagi korxona, muassasa va tashkilotlarga yuboriladi.
lex.uz’dagi asl matn26-modda. Jazoni ijro etish tartibi
(26-модданинг биринчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2024 йил 7 августдаги ЎРҚ-938-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 07.08.2024 й., 03/24/938/0591-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.