Jinoyat-ijroiya kodeksi

54-modda. Mahkumlarni jazoni o'tash uchun jo'natish

(54-модда иккинчи қисмининг учинчи хатбошиси Ўзбекистон Республикасининг 2026 йил 15 январдаги ЎРҚ-1112-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 15.01.2026 й., 03/26/1112/0045-сон)

Ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxslar tergov hibsxonasining ma'muriyati hukm qonuniy kuchga kirganligi to'g'risida sud xabarnomasini olgan kundan boshlab o'n kunlik muddat ichida jazoni o'tash uchun jo'natiladi. Ushbu muddat davomida mahkum: qarindoshlari yoki boshqa shaxslar bilan bir marta qisqa muddatli uchrashish; o'z shaxsiy mablag'lari hisobidan to'lanadigan, o'n besh daqiqa davom etadigan bir marta masofali video-uchrashuv yoki telefon orqali so'zlashish huquqiga ega. Ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxslar sud hukmi bilan belgilangan rejimning turiga muvofiq jazoni ijro etish muassasalariga jo'natiladi. Ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxslarni jo'natish ushbu Kodeksning 58-moddasi talablariga rioya etgan holda amalga oshiriladi. Mahkumlarni jazoni ijro etish muassasasiga jo'natish tartibi O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan belgilanadi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.