Ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxslar, ularning buyumlari va kiyimlari, shuningdek jazoni ijro etish muassasalarining ob'yektlari va xonalari tintuv qilinishi hamda ko'zdan kechirilishi mumkin. Shaxsiy tintuv mahkum bilan bir jinsda bo'lgan shaxslar tomonidan amalga oshiriladi.
Tayyorlanayotgan yoki sodir etilayotgan jinoyatlar, taqiqlangan narsalar va buyumlar saqlanayotganligi haqida axborot kelib tushgan hollarda, jazoni ijro etish muassasalarining turar joylarini ularda mahkumlar bo'lganda tintuv qilishga yo'l qo'yiladi.
Tintuv o'tkazish chog'ida mahkumlarga nisbatan jismoniy kuch va maxsus vositalar qo'llanilishi taqiqlanadi, bundan mahkumlarning tintuvni amalga oshirayotgan xodimga, boshqa mahkumlarga yoki o'zga shaxslarga nisbatan g'ayrihuquqiy xatti-harakatlarining, shuningdek mahkumlar tomonidan o'ziga o'zi zarar yetkazishining oldini olish hollari mustasno.
Jazoni ijro etish muassasasi ma'muriyati ushbu muassasaga hamda mahkumlar ishlayotgan ob'yektlarga kirayotgan va chiqayotgan shaxslarning transport vositalarini, buyumlari va kiyimini ko'zdan kechirishga haqli, qonunchilikda nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
Tintuv qilish va ko'zdan kechirish tartibi O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan belgilanadi.
lex.uz’dagi asl matn67-modda. Tintuv va ko'zdan kechirish
(67-модданинг тўртинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2021 йил 21 апрелдаги ЎРҚ-683-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 21.04.2021 й., 03/21/683/0375-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.