Jinoyat-ijroiya kodeksi

80-modda. Mahkumlarning adabiyot va yozuv ashyolarini sotib olishi hamda saqlashi

Mahkumlar posilka, yo'qlov va banderollarda yozuv ashyolari, adabiyotlar olishlari, shuningdek ularni savdo shoxobchalari orqali sotib olishlari, cheklanmagan miqdorda gazeta va jurnallarga obuna bo'lishlari mumkin. Mahkumlarga urushni, milliy va diniy adovatni, zo'rlik va shafqatsizlikni targ'ib qiluvchi nashrlarni, shuningdek behayo nashrlarni olish, sotib olish, saqlash va tarqatish taqiqlanadi. Mahkum savdo shoxobchalari orqali sotib olgan adabiyot u olishga haqli bo'lgan posilka va banderollar soniga kirmaydi. Mahkum o'z yonida ko'pi bilan o'n nusxa kitob va jurnal saqlashi mumkin. Mazkur miqdordan ortiqcha adabiyot mahkumning roziligi bilan saqlash uchun topshiriladi, foydalanish uchun kutubxonaga beriladi yoki uning qarindoshlari va boshqa shaxslarga jo'natiladi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.