Mahkumlarni mehnatga jalb etishdan asosiy maqsad ularda ijtimoiy-foydali faoliyat bilan shug'ullanish ehtiyojini shakllantirishdan iborat.
Ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxslar jinsi, yoshi, sog'lig'ining holati, mehnat qobiliyati va iloji boricha, ixtisosligi hisobga olingan holda ishlashi kerak. Mahkumlarning mehnatga oid munosabatlari mehnat to'g'risidagi qonunchilik bilan, ushbu Kodeksda nazarda tutilgan istisno va cheklashlarni hisobga olgan holda, tartibga solinadi.
Ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxslar, odatda, jazoni ijro etish muassasalari va ular tashkilotlarining korxonalarida, ayrim hollarda esa, kerakli tarzda qo'riqlash va batamom ajratib qo'yish ta'minlangan taqdirda, boshqa korxonalarda mehnatga jalb etiladi. Mahkumlarning xususiy shaxslar foydasiga mehnat qilishiga yo'l qo'yilmaydi.
Oltmish yoshdan oshgan erkaklar, ellik besh yoshdan oshgan ayollar, I va II guruh nogironligi bo'lgan shaxslar mehnatga o'z xohishlariga ko'ra jalb etiladilar.
Mahkuma ayollar homiladorlik va tug'ish munosabati bilan qonunchilikda belgilangan muddatga ishdan ozod qilinadilar.
Mehnat to'g'risidagi qonunchilikda bajarish taqiqlangan ishlarda ayol va voyaga yetmagan mahkumlar mehnatidan foydalanishga yo'l qo'yilmaydi.
Mahkumlardan foydalanish taqiqlangan ishlar va lavozimlar ro'yxati qonunchilik bilan belgilab qo'yiladi.
Mahkumlar topshirilgan ishni halol, vijdonan bajarishga, mehnat va texnologiya intizomiga, mehnatni muhofaza qilish bo'yicha talablarga rioya etishlari shart. Ularning mehnatga oid va boshqa nizolarni hal etish maqsadida ishni to'xtatib qo'yishi taqiqlanadi.
lex.uz’dagi asl matn88-modda. Mahkumlarni mehnatga jalb etish
(88-модданинг иккинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2023 йил 15 февралдаги ЎРҚ-817-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 16.02.2023 й., 03/23/817/0091-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.