Jinoyat-ijroiya kodeksi

90-modda. Mahkumlarning ish vaqti

(90-модданинг тўртинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2022 йил 17 майдаги ЎРҚ-770-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 18.05.2022 й., 03/22/770/0424-сон)

Ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxslar uchun mehnat to'g'risidagi qonunchilikda belgilab qo'yilgan ish vaqtining eng ko'p normasiga rioya etgan holda, odatda, olti kunlik ish haftasi belgilanadi. Mahkumlar ish vaqti rejimini jazoni ijro etish muassasasi ma'muriyati ishlab chiqarish xususiyatiga qarab belgilaydi. Mahkumlarni ish vaqtidan tashqari ishlarga, dam olish va bayram (ishlanmaydigan) kunlarida ishga jalb etishga ishlab chiqarish zarurati bo'lgan taqdirda mehnat to'g'risidagi qonunchilikda belgilab qo'yilgan ish vaqtidan tashqari ishlarning eng ko'p muddatiga rioya etgan holda yo'l qo'yiladi. Ish vaqtini jamlab hisobga olish joriy etilganda, mahkumlar ish vaqtidan tashqari ishlarga, dam olish va bayram (ishlanmaydigan) kunlarida yoki tungi ishlarga jalb etilgan taqdirda mehnat to'g'risidagi qonunchilikda voyaga yetmagan shaxslar, shuningdek I va II guruh nogironligi bo'lgan shaxslarga nisbatan belgilangan cheklashlarga rioya etish shart. Mahkuma homilador ayollar, shuningdek jazoni ijro etish muassasalari qoshidagi bolalar uylarida bolasi bor ayollar ish vaqtidan tashqari ishlarga, dam olish va bayram (ishlanmaydigan) kunlarida ishga yoki ish vaqti jamlab hisobga olinadigan rejimda ishlashga o'zlarining roziligi bilan jalb etilishi mumkin. Mazkur shaxslar tungi ishlarga, ularning roziligini olgan holda va tegishli tibbiy xulosa bo'lgan taqdirda, jalb qilinishi mumkin. Mahkumlarning ish vaqtidan tashqari, dam olish va bayram (ishlanmaydigan) kunlaridagi ishlari uchun ikki hissa haq to'lanadi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.