Jinoyat-ijroiya kodeksi

98-modda. Mahkumlarning tarbiya jarayonidagi ishtiroki

Ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxslarning foydali tashabbusini kuchaytirish, ularning mehnati, maishiy hayoti va bo'sh vaqtini tashkil etish masalalarini hal etishda qatnashish, intizomni va ichki tartibni saqlab turishda muassasa ma'muriyatiga ko'maklashish maqsadida mahkumlarning turli tashkilotlari tuzilishi mumkin. Mahkumlar tashkilotlarini tuzish va ularning ishlash tartibi O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan belgilanadi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.