Jinoyat kodeksi

125-modda. Farzandlikka olish sirini oshkor qilish

(125-модда биринчи қисмининг санкцияси Ўзбекистон Республикасининг 2019 йил 3 декабрдаги ЎРҚ-586-сонли Қонуни таҳририда — Қонун ҳужжатлари маълумотлари миллий базаси, 04.12.2019 й., 03/19/586/4106-сон)

Farzandlikka bola oluvchilarning yoki vasiylik va homiylik organining erkiga qarshi, yetim yoki ota-ona g'amxo'rligidan mahrum bo'lgan bolalarni farzandlikka olishning qonun bilan qo'riqlanadigan sirini oshkor qilish — bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi. O'sha qilmish: a) kasb faoliyati yoki xizmat mavqeiga ko'ra farzandlikka olishni sir saqlashi shart bo'lgan shaxs tomonidan sodir etilgan bo'lsa; b) g'arazgo'ylik yoki boshqa past niyatlarda sodir etilgan bo'lsa; v) og'ir oqibatlarga sabab bo'lsa, — bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravaridan ikki yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz soatdan uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.
lex.uz’dagi asl matn

Oddiy tilda

Nimani anglatadi Farzandlikka olish — bu qonun bilan qo'riqlanadigan maxfiy jarayon. Agar kimdir bu sirni oshkor qilsa, ya'ni boshqalarga aytib bersa, u jinoyat bo'ladi. Bu qonun bolaning va oila xavfsizligini himoya qiladi. Kimga tegishli Bu qonun farzandlikka oluvchilar, vasiylik organlar va hammasiga tegishli. Amalda Agar bolani farzandlikka olgan oila haqida sirni saqlovchi ijtimoiy ishchi bu ma'lumotni gazeta yoki internet orqali oshkor qilsa, u jarima yoki majburiy ishlarga tortiladi. Agar bu shaxs maxsus vazifada bo'lsa, jazo kuchliroq bo'ladi.

Izoh sun’iy intellekt tomonidan tayyorlangan, rasmiy sharh emas.

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Bu masala bo‘yicha hujjat kerakmi?Jinoyat to‘g‘risida arizaIIB yoki prokuraturaga: o‘g‘irlik, firibgarlik, tan jarohati va boshqalar.Bepul sinab ko‘ring — oyiga 5 ta hujjat

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.