Voyaga yetmagan shaxs tavsiflanganligi yoki tasvirlanganligi aybdorga ayon bo'lgan pornografik mahsulotni tarqatish maqsadida saqlash, shunday harakatlar uchun ma'muriy jazo qo'llanilganidan keyin sodir etilgan bo'lsa, —
bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravaridan olti yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoki uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Voyaga yetmagan shaxs tavsiflangan yoki tasvirlangan pornografik mahsulotni tarqatish, reklama qilish, namoyish etish maqsadida O'zbekiston Respublikasi hududiga olib kirish, xuddi shuningdek uni tayyorlash, tarqatish, reklama qilish, namoyish etish yoxud voyaga yetmagan shaxsni pornografik xususiyatga ega harakatlarning ijrochisi sifatida jalb etish, —
besh yildan yetti yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
lex.uz’dagi asl matn129¹-modda. Voyaga yetmagan shaxs tavsiflangan yoki tasvirlangan pornografik mahsulotni saqlash, tayyorlash, olib kirish, tarqatish, reklama qilish, namoyish etish
(129¹-модда Ўзбекистон Республикасининг 2026 йил 17 апрелдаги ЎРҚ-1130-сонли Қонунига асосан киритилган — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 17.04.2026 й., 03/26/1130/0376-сон)
Oddiy tilda
Nimani anglatadi
Bu qonun bolalar va o'smirlarni pornografik materiallardan himoya qiladi. Voyaga yetmaganlarning suratiga olingan yoki tasvirlangan jinsiy kontent saqlash, yasash, sotish va tarqatish qat'iy taqiqlanadi. Bunday harakatlar jiddiy jinoyat hisoblanadi.
Kimga tegishli
Bu qonun O'zbekiston Respublikasining barcha fuqarolariga va bu yerda yashovchi barcha odamlarga tegishli.
Amalda
Agar kimdir internetda bolaning jinsiy suratini saqlasa yoki boshqalarga yuborsa, u 5 yildan 7 yilgacha qamoqqa olinadi. Agar bunday materiallarni yasasa yoki tarqatsa, jazo yanada og'ir bo'ladi.
Izoh sun’iy intellekt tomonidan tayyorlangan, rasmiy sharh emas.
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.