Chigitdan olinadigan mahsulotni qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish yoki muomalaga kiritish, —
bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravaridan uch yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
O'sha harakatlar:
a) ko'p miqdorda;
b) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib;
v) takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan;
g) mansab mavqeini suiiste'mol qilish yo'li bilan sodir etilgan bo'lsa, —
bazaviy hisoblash miqdorining uch yuz baravaridan olti yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yildan yetti yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
O'sha harakatlar:
a) juda ko'p miqdorda;
b) uyushgan guruh tomonidan yoki uning manfaatlarini ko'zlab sodir etilgan bo'lsa, —
yetti yildan o'n yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
lex.uz’dagi asl matn186²-modda. Chigitdan olinadigan mahsulotni qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish yoki muomalaga kiritish
(186³-модда Ўзбекистон Республикасининг 2026 йил 11 июндаги ЎРҚ-1151-сонли Қонунига асосан ўз кучини йўқотган — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 12.06.2026 й., 03/26/1151/0589-сон)
Oddiy tilda
**Nimani anglatadi**
Chigitdan (narkotik o'simlik) qonunga xilof ravishda dori-darmon yoki boshqa mahsulot tayyorlash yoki sotish-sotib olish. Bu jinoyat inson salomatligiga xavf tug'diradi va qat'iy jazo ko'zda tutiladi.
**Kimga tegishli**
Bu qonun barcha shaxslarga, shuningdek mansab egalariga ham tegishli.
**Amalda**
Agar kimdir chigitdan gap yoki boshqa dori tayyorlasa va sotsa, u jarima to'lashi yoki qamoqqa olinishi mumkin. Agar bu uyushgan guruh qilsa yoki ko'p miqdorda bo'lsa, jazo yanada og'ir bo'ladi — 7 yildan 10 yilgacha qamoq.
Izoh sun’iy intellekt tomonidan tayyorlangan, rasmiy sharh emas.
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.