Hokimiyatni yoki mansab vakolatini suiiste'mol qilish, ya'ni davlat organi, davlat ishtirokidagi tashkilot yoki fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organi mansabdor shaxsining o'z mansab vakolatlaridan qasddan foydalanishi fuqarolarning huquqlariga yoki qonun bilan qo'riqlanadigan manfaatlariga yoxud davlat yoki jamoat manfaatlariga ko'p miqdorda zarar yoxud jiddiy ziyon yetkazilishiga sabab bo'lsa, —
bazaviy hisoblash miqdorining bir yuz ellik baravaridan uch yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki besh yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoki uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki bir yildan ikki yilgacha ozodlikni cheklash yoki uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
O'sha harakat:
a) juda ko'p miqdorda zarar yetkazgan holda;
b) uyushgan guruh manfaatlarini ko'zlab;
v) g'arazgo'ylik niyatlarida sodir etilgan bo'lsa, —
bazaviy hisoblash miqdorining uch yuz baravaridan olti yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki muayyan huquqdan mahrum qilib, ikki yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
lex.uz’dagi asl matn205-modda. Hokimiyat yoki mansab vakolatini suiiste'mol qilish
(205-модда иккинчи қисми диспозициясининг «б» банди Ўзбекистон Республикасининг 2026 йил 22 июндаги ЎРҚ-1155-сонли Қонунига асосан «б» ва «в» бандлар билан алмаштирилган — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 23.06.2026 й., 03/26/1155/0616-сон)
Oddiy tilda
Nimani anglatadi
Mansabdor shaxs o'z vakolatlarini noto'g'ri ishlatib, fuqarolar yoki davlatga zarar yetkazadi. Bu faqat qasddan, ya'ni bilgan holda qilingan xatti-harakatga tegishli. Zarar katta bo'lishi kerak.
Kimga tegishli
Davlat organi, tashkilot yoki mahalliy hokimiyat mansabdorlari uchun.
Amalda
Prokuror o'z vakolatidan foydalanib, aybsiz odamni qonunsiz hibsga olsa, bu suiiste'mol hisoblanadi. Agar zarar juda ko'p bo'lsa yoki g'arazgo'ylik niyatida qilinsa, jazo kuchaytiriladi.
Izoh sun’iy intellekt tomonidan tayyorlangan, rasmiy sharh emas.
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.