Maxsus diniy ma'lumoti bo'lmay turib va diniy tashkilot boshqaruvi markaziy organining ruxsatisiz diniy ta'limotdan saboq berish, xuddi shuningdek xususiy tartibda diniy ta'limotdan saboq berish, shunday harakatlar uchun ma'muriy jazo qo'llanilganidan keyin sodir etilgan bo'lsa, —
bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoki uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Maxsus diniy ma'lumoti bo'lmay turib va diniy tashkilot boshqaruvi markaziy organining ruxsatisiz voyaga yetmagan shaxsga diniy ta'limotdan saboq berish, xuddi shuningdek voyaga yetmagan shaxsga xususiy tartibda diniy ta'limotdan saboq berish, —
bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoki uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
lex.uz’dagi asl matn229²-modda. Diniy ta'limotdan saboq berish tartibini buzish
(229²-модда Ўзбекистон Республикасининг 2025 йил 8 августдаги ЎРҚ-1080-сонли Қонунига асосан иккинчи қисм билан тўлдирилган — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 09.08.2025 й., 03/25/1080/0710-сон)
Oddiy tilda
Nimani anglatadi
Diniy ta'limot berish uchun maxsus tayyorgarlik va davlat ruxsati kerak. Agar bu shartlarsiz yoki ruxsatsiz diniy dars berilsa, bu jinoyat hisoblanadi. Voyaga yetmaganlarni o'qitish esa yanada qattiq jazo oladi.
Kimga tegishli
Bu qoida hamma fuqarolarga, shuningdek diniy tashkilotlarga tegishli.
Amalda
Ota-ona bolasiga ruxsatsiz diniy dars bersa yoki masjidda ruxsatisiz ta'lim beruvchi kishi topilsa, ular jarima yoki mehnat ishlari bilan jazolanadi. Voyaga yetmagan bolaga bergan dars esa yanada og'ir jazo — ozodlikni cheklash yoki mahrum qilish bilan jazolanadi.
Izoh sun’iy intellekt tomonidan tayyorlangan, rasmiy sharh emas.
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.