Kompyuter tizimida saqlanayotgan yoki uzatilayotgan axborotni ruxsatsiz yo'q qilib yuborish, to'sib qo'yish, modifikatsiyalashtirish, undan nusxa ko'chirish yoki uni qo'lga kiritish maqsadini ko'zlab kompyuter dasturlarini yaratish yoki mavjud dasturlarga o'zgartirishlar kiritish, xuddi shuningdek maxsus virus dasturlarini ishlab chiqish, ulardan qasddan foydalanish yoki ularni qasddan tarqatish —
bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravaridan uch yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yilgacha ozodlikni cheklash yoxud ikki yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
O'sha harakatlar:
a) juda ko'p miqdorda zarar yetkazgan holda;
b) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib;
v) takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan;
g) uyushgan guruh tomonidan yoki uning manfaatlarini ko'zlab sodir etilgan bo'lsa, —
ikki yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoxud ikki yildan uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
lex.uz’dagi asl matn278⁶-modda. Zarar keltiruvchi dasturlarni yaratish, ishlatish yoki tarqatish
(278⁶-модда биринчи қисмининг санкцияси Ўзбекистон Республикасининг 2019 йил 3 декабрдаги ЎРҚ-586-сонли Қонуни таҳририда — Қонун ҳужжатлари маълумотлари миллий базаси, 04.12.2019 й., 03/19/586/4106-сон)
Oddiy tilda
Nimani anglatadi
Bu qonun zarar keltiruvchi dasturlarni (viruslar, troyanlar) yaratish, ishlatish yoki tarqatishni taqiqlab qo'yadi. Kimdir ruxsatsiz sizning kompyuteringizdagi ma'lumotlarni o'chirish, buzish yoki o'zlashtirish uchun maxsus dastur yaratsa yoki ishlatsa — bu jinoyat hisoblanadi.
Kimga tegishli
Bu qonun barcha shaxslar uchun amal qiladi, shuningdek kompyuter mutaxassislari ham.
Amalda
Agar biror kishi sizning bank akkauntingizga kirib pul o'g'irlash uchun virus dastur yaratsa va tarqatsa, u 2 yilgacha qamoqqa olishi mumkin. Agar bu guruh bo'lib, ko'p odamga zarar yetkazgan bo'lsa, jazo 2-3 yilga ko'payadi.
Izoh sun’iy intellekt tomonidan tayyorlangan, rasmiy sharh emas.
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.