Jinoyat-protsessual kodeksi

170-modda. Telefonlar va boshqa telekommunikatsiya qurilmalari orqali olib boriladigan so'zlashuvlarni eshitib turish, ular orqali uzatiladigan axborotni olish tartibi

(170-модданинг матни Ўзбекистон Республикасининг 2025 йил 28 январдаги ЎРҚ-1022-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 29.01.2025 й., 03/25/1022/0083-сон)

Gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchining telefonlari va boshqa telekommunikatsiya qurilmalari orqali olib boriladigan so'zlashuvlarini eshitib turish, ular orqali uzatiladigan axborotni olish sudning ajrimiga binoan amalga oshiriladi. Jabrlanuvchiga, guvohga, xuddi shuningdek ularning qarindoshlari va yaqinlariga nisbatan kuch ishlatish, tovlamachilik yoki boshqa qonunga xilof harakatlar sodir etish xavfi mavjud bo'lgan taqdirda, ushbu shaxslarning arizalari bo'yicha yoxud ularning yozma roziligi hamda sudning roziligi bilan ularning telefonlari va boshqa telekommunikatsiya qurilmalari orqali olib boriladigan so'zlashuvlarni eshitib turish, ular orqali uzatiladigan axborotni olish amalga oshirilishi mumkin. Kechiktirib bo'lmaydigan hollarda, telefonlar va boshqa telekommunikatsiya qurilmalari orqali olib boriladigan so'zlashuvlarni eshitib turish, ular orqali uzatiladigan axborotni olish haqida chiqarilgan qaror bir sutka davomida qonuniy kuchga ega bo'ladi. Telefonlar va boshqa telekommunikatsiya qurilmalari orqali olib boriladigan so'zlashuvlarni eshitib turish, ular orqali uzatiladigan axborotni olish to'g'risidagi qaror yoki ajrim unda eshitib turiladigan axborotning xususiyati hamda hajmi, shuningdek so'zlashuvlarni eshitib turishni, uzatiladigan axborotni olishni va natijalarini qayd etish shakli belgilanib, maxsus vakolatli davlat organiga ijro etish uchun yuboriladi. Telefonlar va boshqa telekommunikatsiya qurilmalari orqali olib boriladigan so'zlashuvlarni eshitib turish, ular orqali uzatiladigan axborotni olish olti oydan ortiq davom etishi mumkin emas. Telefonlar va boshqa telekommunikatsiya qurilmalari orqali olib boriladigan so'zlashuvlarni eshitib turish, ular orqali uzatiladigan axborotni olish chog'ida olingan axborot qayd etilishi (yozilishi) kerak. Qayd etilgan axborot (yoki yozuv) tergov harakati bayonnomasiga qo'shib qo'yilishi lozim.
lex.uz’dagi asl matn

Oddiy tilda

TELEFONLAR ORQALI SO'ZLASHUVNI ESHITIB TURISH Nimani anglatadi Bu jinoyat-protsessual qonuniga ko'ra, politsiya yoki boshqa organlari gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchining telefon va internet orqali olib boriladigan suhbatlarini maxfiy ravishda eshitib turishi va yozib olishi. Ushbu chora jinoyatni aniqlash va isbotlash uchun zarur bo'lgan maxfiy ma'lumot to'plash usuli hisoblanadi. Kimga tegishli Ushbu huquq faqat sud qaroriga asosan politsiya, xavfsizlik va boshqa maxsus davlat organlariga tegishli. Amalda Agar jinoyat sodir etayotgan shaxs telefonida muhim guvohlarni tahdid qilayotgan bo'lsa, sud politsiyaga ruxsat beradi. Politsiya ushbu telefonni eshitib turadi, suhbatlarni yozib oladi va sud huzurida dalil sifatida taqdim etadi. Yozuv jinoyatni isbotlashga yordam beradi.

Izoh sun’iy intellekt tomonidan tayyorlangan, rasmiy sharh emas.

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.