Quyidagilar ustidan taftish tartibida shikoyat beriladi yoki protest bildiriladi:
1) tuman (shahar) sudlarining apellyatsiya yoki kassatsiya tartibida ko'rib chiqilgan hukmlari, ajrimlari ustidan, shuningdek tuman (shahar) sudlari tomonidan ko'rilgan ishlar bo'yicha Qoraqalpog'iston Respublikasi sudining, viloyatlar, Toshkent shahar sudlarining apellyatsiya yoki kassatsiya tartibida chiqarilgan hukmlari, ajrimlari ustidan — Qoraqalpog'iston Respublikasi sudiga, viloyatlar, Toshkent shahar sudlariga;
2) hududiy harbiy sudlarning apellyatsiya yoki kassatsiya tartibida ko'rib chiqilgan hukmlari, ajrimlari ustidan, shuningdek hududiy harbiy sudlar tomonidan ko'rilgan ishlar bo'yicha O'zbekiston Respublikasi Harbiy sudi apellyatsiya yoki kassatsiya instantsiyasi sudining hukmlari, ajrimlari ustidan — O'zbekiston Respublikasi Harbiy sudiga.
O'zbekiston Respublikasi Oliy sudining Jinoyat ishlari bo'yicha sudlov hay'atiga:
tuman (shahar) sudlarining, hududiy harbiy sudlarning apellyatsiya, kassatsiya yoki taftish tartibida ko'rib chiqilgan hukmlari, ajrimlari ustidan;
O'zbekiston Respublikasi Oliy sudi, Qoraqalpog'iston Respublikasi sudi, viloyatlar va Toshkent shahar sudlari, O'zbekiston Respublikasi Harbiy sudi tomonidan birinchi instantsiya bo'yicha chiqarilgan hukmlar, ajrimlar va ular yuzasidan chiqarilgan apellyatsiya yoki kassatsiya instantsiyasining hukmlari, ajrimlari ustidan shikoyat (protest) berilishi mumkin.
O'zbekiston Respublikasi Oliy sudining Jinoyat ishlari bo'yicha sudlov hay'atining taftish tartibida chiqarilgan hukmlari, ajrimlari ustidan O'zbekiston Respublikasi Oliy sudining Rayosatiga taftish tartibida takroran ko'rib chiqish uchun protest bildiriladi.
O'zbekiston Respublikasi Oliy sudining raisi tomonidan O'zbekiston Respublikasi Oliy sudining Rayosatiga protest bildirish uchun ushbu Kodeksning 511-moddasida ko'rsatilgan shaxslarning arizalari (iltimosnomalari), shuningdek sudyaning taqdimnomasi, ommaviy axborot vositalarining xabarlari sabab bo'ladi.
Ushbu modda birinchi qismining 1 va 2-bandlarida nazarda tutilgan taftish tartibidagi shikoyatlar va protestlar hukmni, ajrimni chiqargan sud orqali beriladi. Shikoyat yoki protest bevosita Qoraqalpog'iston Respublikasi sudiga, viloyat, Toshkent shahar sudiga, O'zbekiston Respublikasi Harbiy sudiga berilgan taqdirda, sud ularni hukmni, ajrimni chiqargan sudga ushbu Kodeksning 479-moddasida bayon etilgan talablarni bajarish uchun yuboradi.
Ushbu moddada belgilangan tartib taftish tartibida xususiy shikoyat berish va xususiy protest bildirish tartibiga nisbatan ham tatbiq etiladi.
lex.uz’dagi asl matn515-modda. Taftish tartibida shikoyat berish va protest bildirish tartibi
Oddiy tilda
**Nimani anglatadi**
Taftish tartibida shikoyat berish va protest bildirish — bu sud hukmiga rozi bo'lmagan shaxslar yoki davlat vakillari tomonidan yuqori instansiya sudiga murojaat qilish usuli. Shikoyat yoki protest orqali sud qarorining noto'g'ri ekanligini ko'rsatib, uni qayta ko'rib chiqishni talab qilish mumkin.
**Kimga tegishli**
Bu huquq jinoyat ishlari bo'yicha sud hukmiga rozi bo'lmagan har bir shaxsga, shuningdek davlat vakillari va sudyalarga tegishli.
**Amalda**
Tuman sudida jinoyatchi 5 yil qamoqqa hukm qilindi. U bu hukmga rozi emas va viloyat sudiga shikoyat berdi. Viloyat sudi shikoyatni ko'rib chiqib, hukmni o'zgartirishi yoki bekor qilishi mumkin. Agar viloyat sudi ham hukmni qoldirib ketsa, u Oliy sudga protest berish huquqiga ega.
Izoh sun’iy intellekt tomonidan tayyorlangan, rasmiy sharh emas.
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.