Hukm, ajrim chiqargan sud taftish tartibida shikoyat, protest (xususiy shikoyat, xususiy protest) berilishi to'g'risida mahkumni, oqlangan shaxsni, ularning himoyachilarini, qonuniy vakillarini, prokurorni, jabrlanuvchini, uning vakilini, shuningdek fuqaroviy da'vogarni, fuqaroviy javobgarni, ularning vakillarini, agar shikoyat, protest (xususiy shikoyat, xususiy protest) ularning manfaatlariga daxldor bo'lsa, uch sutka ichida xabardor qiladi.
Ushbu moddaning birinchi qismida ko'rsatilgan shaxslarga shikoyatning, protestning (xususiy shikoyatning, xususiy protestning) ko'chirma nusxalari yuboriladi yoxud hukmni, ajrimni chiqargan sudning internet-resursi orqali ularning elektron nusxalari bilan tanishish mumkinligi to'g'risida xabarnoma yuboriladi. Bunda taraflarga ularning shikoyatga, protestga (xususiy shikoyatga, xususiy protestga) doir e'tirozlarini yozma shaklda yoxud elektron hujjat tarzida berish huquqi, e'tirozlarni taqdim etish muddati ko'rsatilgan holda, tushuntiriladi. Shikoyat, protest (xususiy shikoyat, xususiy protest) yuzasidan kelib tushgan e'tirozlar jinoyat ishi materiallariga qo'shib qo'yiladi.
Taraflar taftish tartibida beriladigan shikoyatga, protestga (xususiy shikoyatga, xususiy protestga) doir e'tiroz bilan birga yangi materiallarni alohida taqdim etishga yoki ularni talab qilib olish va tekshirish, shuningdek o'zi ko'rsatgan jabrlanuvchilarni, guvohlarni, ekspertlarni, mutaxassislarni sudga chaqirish va so'roq qilish haqida iltimosnoma berishga haqli.
lex.uz’dagi asl matn518-modda. Qoraqalpog'iston Respublikasi sudiga, viloyatlar, Toshkent shahar sudlariga, O'zbekiston Respublikasi Harbiy sudiga taftish tartibida shikoyat, protest (xususiy shikoyat, xususiy protest) berilganligi to'g'risida xabardor qilish
Oddiy tilda
Nimani anglatadi
Sud taftish tartibida shikoyat yoki protest qabul qilganda, barcha tomonlarni (mahkum, oqlangan, vkillar, prokuror, jabrlanuvchi) uch kun ichida xabardor qilish kerak. Ularga shikoyatning nusxasi yuboriladi yoki internet orqali ko'rish imkoniyati beriladi. Tomonlar o'z e'tirozlarini yozma shaklda berish huquqiga ega.
Kimga tegishli
Bu qoida jinoyat ishlari bo'yicha taftish tartibida shikoyat, protest qabul qilgan barcha sudlarga (Qoraqalpog'iston, viloyat, Toshkent shahar, Harbiy sudlar) tegishli.
Amalda
Mahkum taftish tartibida shikoyat berdi. Sud uni qabul qilgach, mahkumning vkili, prokuror va jabrlanuvchiga uch kun ichida xabarnoma yuboradi. Ular shikoyatning nusxasini oladi va o'z e'tirozlarini yozib berish imkoniyatini biladilar.
Izoh sun’iy intellekt tomonidan tayyorlangan, rasmiy sharh emas.
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.