O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi

102-modda. O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qonun loyihalarini tayyorlash ishini olib borish,

O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qonun loyihalarini tayyorlash ishini olib borish, Qonunchilik palatasi muhokamasiga kiritiladigan masalalarni dastlabki tarzda ko'rib chiqish va tayyorlash, O'zbekiston Respublikasi qonunlari hamda Qonunchilik palatasi tomonidan qabul qilinadigan qarorlarning ijrosini nazorat qilish uchun o'z vakolatlari muddatiga Qonunchilik palatasi deputatlari orasidan qo'mitalarni saylaydi. O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati Senat muhokamasiga kiritiladigan masalalarni dastlabki tarzda ko'rib chiqish va tayyorlash, O'zbekiston Respublikasi qonunlari hamda Senat tomonidan qabul qilinadigan qarorlarning ijrosini nazorat qilish uchun o'z vakolatlari muddatiga senatorlar orasidan qo'mitalarni saylaydi. O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi va Senati, zarurat bo'lgan taqdirda, muayyan vazifalarni bajarish uchun deputatlar, senatorlar orasidan komissiyalar tuzadi.
lex.uz’dagi asl matn

Oddiy tilda

Nimani anglatadi Oliy Majlisning ikkita palatasi (Qonunchilik palatasi va Senat) qonun loyihalarini tayyorlash, muhokama qilish va qonunlarning bajarilishini nazorat qilish uchun o'z ichida komissiyalar va qo'mitalar tashkil etadi. Ushbu tashkilotlar deputatlar va senatorlardan tuziladi va muayyan sohalarda ishlar olib boradi. Kimga tegishli Bu vakolat Oliy Majlisning ikkala palatasi va ularning deputatlari hamda senatorlariga tegishli. Amalda Masalan, Qonunchilik palatasi "Oila va bolalar huquqlari" bo'yicha qo'mita tuzadi. Bu qo'mita oila qonunlari loyihalarini dastlabki ko'rib chiqadi, tayyorlaydi va qonunning ijrosini nazorat qiladi.

Izoh sun’iy intellekt tomonidan tayyorlangan, rasmiy sharh emas.

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.