Kredit byurolari, kredit axborotini yetkazib beruvchilar va kredit axborotidan foydalanuvchilar kredit axborotining saqlanishini hamda ruxsat etilmagan holda unga kirishdan, uni yo'q qilib yuborishdan, o'zgartirishdan, undan foydalanishdan yoki uni oshkor etishdan himoya qilinishini ta'minlashi kerak.
Kredit byurolari, kredit axborotini yetkazib beruvchilar, kredit axborotidan foydalanuvchilar, ularning rahbarlari va boshqa xodimlari kredit axboroti almashinuvi jarayonida o'zlari olgan yoki o'zlariga ma'lum bo'lib qolgan ma'lumotlarni oshkor etishi taqiqlanadi.
Kredit axborotini tashkil etuvchi ma'lumotlar xizmat vazifasini bajarishi munosabati bilan o'ziga ishonib topshirilgan yoki ma'lum bo'lib qolgan yoxud ushbu Qonunda belgilangan tartibda taqdim etilgan shaxslar bunday ma'lumotlarni mehnat shartnomasi (kontrakt) tugatilganidan keyin ham oshkor qilishga haqli emas.
lex.uz’dagi asl matn«Kredit axboroti almashinuvi to'g'risida»gi qonun
23-modda. Kredit axborotini saqlash va himoya qilish
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.