Ushbu Qonunning maqsadi litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
Ushbu Qonunning amal qilishi:
intellektual mulk ob'yektlaridan foydalanish, shuningdek kompleks tadbirkorlik litsenziyasi shartnomasi (franshizing to'g'risidagi shartnoma) asosida amalga oshiriladigan tadbirkorlik faoliyati;
tadbirkorlik sub'yektlarini, bitimlarni, huquqlarni va mol-mulkni davlat ro'yxatidan o'tkazish hamda hisobga qo'yish;
akkreditatsiya qilish, sertifikatlashtirish, standartlashtirish, metrologiya va texnik jihatdan tartibga solish;
davlat ekologik ekspertizasi;
atom energiyasidan foydalanish sohasidagi faoliyat;
ushbu Qonunning 2-ilovasida ko'rsatilmagan ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarni jismoniy shaxslarga berish bilan bog'liq munosabatlarga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Ushbu Qonunning 1, 2 va 3-ilovalariga muvofiq O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki vakolatlariga taalluqli bo'lgan litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari tegishli faoliyat sohalaridagi munosabatlarni tartibga soluvchi qonunlarda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Ushbu Qonunning 1, 2 va 3-ilovalariga muvofiq O'zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligining vakolatlariga taalluqli bo'lgan litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari tegishli faoliyat sohalaridagi munosabatlarni tartibga soluvchi qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Ushbu Qonunning 1-ilovasiga muvofiq O'zbekiston Respublikasi Energetika bozorini rivojlantirish va tartibga solish agentligining vakolatlariga taalluqli bo'lgan litsenziyalash tartib-taomillari tegishli faoliyat sohalaridagi munosabatlarni tartibga soluvchi qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
lex.uz’dagi asl matn«Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari to'g'risida»gi qonun
1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi va qo'llanilish sohasi
(1-модданинг тўртинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2025 йил 17 апрелдаги ЎРҚ-1057-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 17.04.2025 й., 03/25/1057/0351-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.