«Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari to'g'risida»gi qonun

16-modda. Litsenziyaning amal qilish muddati

(16-модданинг биринчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2025 йил 17 апрелдаги ЎРҚ-1057-сонли Қонунига асосан ўн биринчи, ўн иккинчи ва ўн учинчи хатбошилар билан тўлдирилган — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 17.04.2025 й., 03/25/1057/0351-сон)

Faoliyatning litsenziyalanadigan turlarini (kichik turlarini) amalga oshirish uchun litsenziyalar ularning amal qilish muddati cheklanmagan holda beriladi, bundan quyidagilarni amalga oshirish uchun litsenziyalar mustasno: tibbiy faoliyat; farmatsevtika faoliyati; mineral o'g'itlarning, o'simliklarni himoya qilish uchun foydalaniladigan kimyoviy vositalarning ulgurji va chakana savdosi bo'yicha faoliyat; O'zbekiston Respublikasidan olib chiqilayotgan karantin ostidagi mahsulotning fumigatsiyasi bo'yicha faoliyat; giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarning muomalada bo'lishi bilan bog'liq faoliyat; tarkibida tetragidrokannabinol giyohvandlik vositasining miqdori 0,2 foizgacha bo'lgan kannabis o'simligini giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarni ishlab chiqarish yoki tayyorlash bilan bog'liq bo'lmagan sanoat maqsadlarida yetishtirish, olib kirish (olib chiqish), qayta ishlash, saqlash, realizatsiya qilish (berish), olish va tashish faoliyati; ko'chma radiotelefon (uyali) aloqadan va teleradioeshittirishlarni tarqatish tarmoqlaridan foydalanish hamda ularning xizmatlarini ko'rsatish bilan bog'liq faoliyat; neftni, gazni (shu jumladan siqilgan tabiiy va suyultirilgan uglevodorod gazini) hamda gaz kondensatini qazib olish, qayta ishlash va realizatsiya qilish sohasidagi faoliyat; affinaj faoliyati; lotereyalar tashkil etish faoliyati; bukmekerlik faoliyati; Internet jahon axborot tarmog'ida tavakkalchilikka asoslangan o'yinlarni tashkil etish faoliyati. Ushbu modda birinchi qismining ikkinchi — o'n uchinchi xatboshilarida nazarda tutilgan faoliyat turlarini (kichik turlarini) amalga oshirish uchun litsenziyalarning amal qilish muddatlari faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash to'g'risidagi nizomlarda va ularning pasportlarida belgilanadi, lekin bu muddatlar besh yildan kam bo'lmasligi kerak. Litsenziyaning amal qilish muddati tugagach, u litsenziatning arizasiga ko'ra uzaytirilishi mumkin. Litsenziyaning amal qilish muddatini uzaytirish to'g'risidagi ariza ushbu Qonunning 25-moddasida nazarda tutilgan tartibda vakolatli organga topshiriladi. Litsenziyaning amal qilish muddatini uzaytirish litsenziyani berish uchun nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.