Xabardor qiluvchining xabardor qilish tartibida amalga oshiriladigan faoliyatini (harakatlarini) tugatish to'g'risidagi ariza sudga vakolatli organ tomonidan quyidagi hollarda beriladi:
xabardor qiluvchi tomonidan faoliyatni (harakatlarni) boshlash to'g'risida yuborilgan xabarnomada ko'rsatilgan ma'lumotlarning yolg'on yoki noto'g'riligi aniqlanganda;
xabardor qiluvchi belgilangan talablar va shartlarning buzilishi bilan bog'liq kamchiliklar vakolatli organ tomonidan belgilangan muddatda bartaraf etilmaganda;
belgilangan talablar va shartlar muntazam ravishda (bir yil davomida ikki va undan ortiq marta) buzilganda;
belgilangan talablar va shartlar bir marta qo'pol ravishda buzilganda, agar mazkur qoidabuzarliklar fuqarolarning hayoti va sog'lig'iga ziyon, jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlariga, jamoat xavfsizligiga zarar hamda atrof-muhitga ziyon yetkazilishiga, jamiyat va davlat manfaatlariga zarar yetkazilishiga, tinchlik va xavfsizlikka tahdid solinishiga olib kelgan bo'lsa.
Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan hollarda vakolatli organ dalolatnoma tuzadi va bir ish kuni ichida uni maxsus elektron tizim vositasida xabardor qiluvchiga yuboradi. Dalolatnoma tuzilganidan keyin vakolatli organ besh ish kuni ichida sudga xabardor qiluvchining xabardor qilish tartibida amalga oshiriladigan faoliyatini (harakatlarini) tugatish haqida ariza beradi.
Vakolatli organning xabardor qiluvchining xabardor qilish tartibida amalga oshiriladigan faoliyatini (harakatlarini) tugatish to'g'risidagi ariza sud tomonidan qanoatlantirilmagan taqdirda, vakolatli organ xabardor qiluvchi oldida xabardor qiluvchiga yetkazilgan zarar miqdorida javobgar bo'ladi.
Vakolatli organ xabardor qiluvchining xabardor qilish tartibida amalga oshiriladigan faoliyati (harakatlari) tugatilganligi to'g'risidagi sudning hal qiluv qarori qonuniy kuchga kirganidan keyin uch ish kuni ichida xabarnomalar reyestriga belgi qo'yadi.
Xabardor qiluvchining xabardor qilish tartibida amalga oshiriladigan faoliyati (harakatlari) ushbu modda birinchi qismining ikkinchi xatboshisida ko'rsatilgan asosga ko'ra tugatilgan taqdirda, bu faoliyat xabardor qiluvchi tomonidan xabarnoma yuborilgan sanadan e'tiboran tugatilgan deb hisoblanadi.
Faoliyati (harakatlari) sud tartibida tugatilgan shaxslar maxsus elektron tizimdagi alohida ro'yxatga kiritiladi.
lex.uz’dagi asl matn«Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari to'g'risida»gi qonun
46-modda. Xabardor qiluvchining xabardor qilish tartibida amalga oshiriladigan faoliyatini (harakatlarini) sud tomonidan tugatish
(46-модда биринчи қисмининг тўртинчи хатбошиси Ўзбекистон Республикасининг 2023 йил 15 ноябрдаги ЎРҚ-878-сонли Қонунига асосан тўртинчи ва бешинчи хатбошилар билан алмаштирилган — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 16.11.2023 й., 03/23/878/0852-сон — 2024 йил 17 февралдан кучга киради)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.