«Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari to'g'risida»gi qonun

48-modda. Vakolatli organlarning litsenziya, ruxsat berish va xabardor qilish talablari va shartlariga rioya etilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshirish chog'idagi huquqlari

(48-модда иккинчи қисмининг иккинчи хатбошиси Ўзбекистон Республикасининг 2023 йил 15 ноябрдаги ЎРҚ-878-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 16.11.2023 й., 03/23/878/0852-сон — 2024 йил 17 февралдан кучга киради)

Litsenziatlarning, faoliyatni ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlar asosida amalga oshirayotgan shaxslarning, xabardor etuvchilarning faoliyati vakolatli organlar tomonidan nazorat qilinadi. Litsenziya, ruxsat berish va xabardor qilish talablari va shartlariga rioya etilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshirayotganda vakolatli organlar o'z vakolatlari doirasida quyidagi huquqlarga ega: litsenziya, ruxsat berish va xabardor qilish talablari va shartlariga jismoniy va yuridik shaxslarning rioya etishini tekshirishni O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik sub'yektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo'yicha vakil bilan kelishilgan yoki uni xabardor qilgan holda qonunchilikda belgilangan tartibda joyiga chiqqan holda o'tkazish; litsenziya, ruxsat berish va xabardor qilish talablari va shartlariga rioya etilishi yuzasidan tekshiruvlar o'tkazilayotganda yuzaga keladigan masalalar bo'yicha jismoniy va yuridik shaxslardan zarur axborotni so'rash va olish; tekshiruvlar natijalari asosida jismoniy va yuridik shaxslar yo'l qo'ygan litsenziya, ruxsat berish va xabardor qilish talablari va shartlariga doir qoidabuzarliklarni ko'rsatgan holda dalolatnomalar tuzish; jismoniy va yuridik shaxslar zimmasiga aniqlangan qoidabuzarliklarni bartaraf etish majburiyatini yuklovchi qarorlar chiqarish, bunday qoidabuzarliklarni bartaraf etish muddatlarini belgilash; litsenziya yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning amal qilishini to'xtatib turish yoxud uni bekor qilish to'g'risidagi ariza bilan sudga murojaat qilish; xabardor qiluvchilarning faoliyatini (harakatlarini) to'xtatib turish va qayta tiklash to'g'risida qaror qabul qilish, ularning faoliyatini tugatish to'g'risida, shuningdek xabardor qiluvchining faoliyatini (harakatlarini) amalga oshirishni taqiqlash to'g'risida sudga ariza berish; ushbu Qonunga muvofiq litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari sohasidagi huquqbuzarliklar uchun yuridik shaxslarga jarima (bundan buyon matnda jarima deb yuritiladi) solish to'g'risida sudga ariza berish; litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari sohasidagi vakolatlarni amalga oshirish uchun sudga davlat boji to'lamasdan arizalar berish. Vakolatli organlar jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan litsenziyasiz yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatsiz, shuningdek xabarnoma yubormasdan faoliyat bilan shug'ullanilishi hollarini aniqlash uchun belgilangan tartibda nazorat tadbirlarini o'tkazishga haqli. Bunda vakolatli organlar tomonidan faqat tegishli faoliyat turlarini amalga oshirish huquqini tasdiqlovchi hujjatlar mavjudligi va xabarnoma yuborilganligi tekshiriladi. Tegishli faoliyat turlarini amalga oshirish huquqini tasdiqlovchi hujjatlar mavjud emasligi yoki xabarnoma yuborilmaganligi aniqlangan taqdirda qonunchilikning buzilishi faktlari bo'yicha choralar ko'rish maqsadida O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik sub'yektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo'yicha vakil bilan kelishilgan yoki uni xabardor qilgan holda tekshiruv o'tkaziladi. Nazoratni amalga oshirish bilan bog'liq holda o'tkaziladigan tadbirkorlik sub'yektlarini tekshirishlar O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik sub'yektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo'yicha vakil bilan belgilangan tartibda kelishilgan yoki uni xabardor qilgan holda amalga oshiriladi.
lex.uz’dagi asl matn

Oddiy tilda

**Nimani anglatadi** Vakolatli organlar litsenziya, ruxsat va xabardor qilish qoidalariga rioya etilishini nazorat qiladi. Ular tekshiruvlar o'tkazish, ma'lumot so'rash, qoidabuzarliklarni aniqlash va ularni bartaraf etish majburiyatini yuklovchi qarorlar chiqarish huquqiga ega. **Kimga tegishli** Bu huquqlar litsenziya beruvchi va ruxsat beruvchi davlat organlariga tegishli. **Amalda** Agar kompaniya litsenziyasiz dori sotsa, vakolatli organ tekshiruv o'tkazadi, qoidabuzarlikni aniqlaydi va kompaniyani to'xtatib turish yoki jarima solish to'g'risida sudga ariza beradi.

Izoh sun’iy intellekt tomonidan tayyorlangan, rasmiy sharh emas.

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.