Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari sohasidagi huquqbuzarliklar uchun jismoniy shaxslar qonunga muvofiq jinoiy va (yoki) ma'muriy javobgarlikka tortiladi.
Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari sohasidagi quyidagi huquqbuzarliklarni sodir etganlik uchun yuridik shaxslarga jarimalar solinadi:
faoliyat bilan litsenziyasiz, ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatsiz va vakolatli organni xabardor etmasdan shug'ullanish, shuningdek ushbu hujjatlarning amal qilishi to'xtatib turilganda bunday faoliyat bilan shug'ullanish;
litsenziyani va ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarni qalbaki hujjatlardan foydalangan holda olish;
xabardor qilish tartibidagi faoliyatni (harakatlarni) amalga oshirish uchun belgilangan talablar va shartlarning bajarilishi to'g'risida vakolatli organga yolg'on yoki noto'g'ri axborot taqdim etish.
Jarimalar vakolatli organlar tomonidan ushbu Qonun 48-moddasining ikkinchi qismida nazarda tutilgan tartibda o'tkaziladigan nazorat tadbirlari asosida solinadi. Bunda nazorat tadbiri davomida aniqlangan huquqbuzarlik to'g'risida dalolatnoma tuzilib, u tegishincha vakolatli organning va yuridik shaxs bo'lgan huquqbuzar (bundan buyon matnda huquqbuzar deb yuritiladi) mansabdor shaxslari tomonidan imzolanadi.
Huquqbuzar (uning vakili) dalolatnomani imzolashdan bosh tortgan taqdirda, vakolatli organning mansabdor shaxsi ushbu faktni ko'rsatilgan dalolatnomaga ilova qilinadigan videoyozuv yordamida yoki ikki nafar xolis hozirligida tasdiqlashi kerak. Xolislar o'zining hozirligida amalga oshirilgan harakatlar fakti, mazmuni va natijalarini dalolatnomada tasdiqlashi shart. Ular amalga oshirilgan harakatlar yuzasidan dalolatnomaga kiritilishi lozim bo'lgan fikr-mulohazalar bildirishga haqli. Zarur bo'lgan taqdirda, xolislar ko'rsatilgan holatlar yuzasidan so'roq qilinishi mumkin.
Yuridik shaxsning ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir etganlik uchun javobgarlikka tortilishi tegishli asoslar mavjud bo'lgan taqdirda uning mansabdor shaxslarini ma'muriy, jinoiy yoki qonunda nazarda tutilgan boshqa javobgarlikdan ozod etmaydi.
lex.uz’dagi asl matn«Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari to'g'risida»gi qonun
52-modda. Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari sohasidagi huquqbuzarliklar uchun javobgarlik asoslari
(52-модда иккинчи қисмининг иккинчи хатбошиси Ўзбекистон Республикасининг 2023 йил 15 ноябрдаги ЎРҚ-878-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 16.11.2023 й., 03/23/878/0852-сон — 2024 йил 17 февралдан кучга киради)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.