«Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari to'g'risida»gi qonun

8-modda. Maxsus elektron tizim

(8-модда Ўзбекистон Республикасининг 2025 йил 27 ноябрдаги ЎРҚ-1099-сонли Қонунига асосан учинчи қисми билан тўлдирилган — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 28.11.2025 й., 03/25/1099/1104-сон. Кучга кириш санаси — 2026 йил 1 март)

Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillaridan o'tish, vakolatli organlarning idoralararo elektron hamkorlik qilishi, shuningdek litsenziya, ruxsat berish va xabardor qilish talablari hamda shartlari bajarilishining monitoringini o'tkazish jarayonlarini qamrab oladigan, jismoniy va yuridik shaxslar uchun ochiq bo'lgan «Litsenziya» axborot tizimi maxsus elektron tizimdir. O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi maxsus elektron tizim operatoridir. Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari davlat xizmatlari markazlari tomonidan maxsus elektron tizim orqali amalga oshirilishi mumkin. Maxsus elektron tizimda quyidagilar aks ettiriladi: 1) quyidagilarni o'z ichiga oladigan litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillaridan o'tish jarayonlari: litsenziyani yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni berish yoxud uning amal qilish muddatini uzaytirish to'g'risidagi arizani hamda unga ilova qilingan hujjatlarni topshirish; vakolatli organlar tomonidan arizalarni ko'rib chiqish hamda litsenziyalarni yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarni berish yoki berishni rad etish haqida qarorlar qabul qilish; QR-kod (matrik shtrixli kod) qo'yilgan elektron shakldagi litsenziyalarni va ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarni olish; vakolatli organni faoliyat boshlanganligi yoki tugatilganligi haqida xabardor qilish uchun xabarnomalar yuborish va xabarnoma qabul qilinganligi to'g'risida tasdiqnomalar olish; arizani ko'rib chiqish uchun davlat bojining, yig'imlarning elektron to'lovini amalga oshirish; litsenziyalarni va ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarni qayta rasmiylashtirish, ularning amal qilishini to'xtatib turish hamda ularni bekor qilish haqidagi arizalarni qabul qilish va ko'rib chiqish; 2) litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillarini amalga oshirish chog'ida davlat organlari va tashkilotlar hamkorligining quyidagilarni o'z ichiga oladigan jarayonlari: boshqa davlat organlari va tashkilotlardan qo'shimcha hujjatlar hamda axborotni mustaqil ravishda olish, shuningdek ular bilan «yagona darcha» printsipi bo'yicha kelishish; litsenziyalar, ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlar va xabarnomalar reyestrlarini yuritish; litsenziyalar va ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlar, shuningdek xabarnomalar bilan bog'liq axborotni tegishli davlat organlari va tashkilotlarning ma'lumotlar bazalari orqali tekshirish; 3) litsenziya, ruxsat berish va xabardor qilish talablari hamda shartlarining bajarilishi monitoringini o'tkazishning quyidagilarni o'z ichiga oladigan jarayonlari: litsenziya, ruxsat berish va xabardor qilish talablari hamda shartlariga rioya etilishi ustidan vakolatli organlar tomonidan masofaviy monitoringni amalga oshirish; litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillaridan o'tishning har bir bosqichida arizalar ko'rib chiqilishini kuzatib borish; litsenziya, ruxsat berish va xabardor qilish talablari hamda shartlariga rioya etilishi bilan bog'liq bo'lgan faoliyatni (harakatlarni) amalga oshirish chog'ida huquqbuzarliklar aniqlangan taqdirda vakolatli organlarning sudlarga murojaat qilishi; litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari sohasida jamoatchilik nazoratini amalga oshirish; vakolatli organlarning avtomatik tarzda shakllantiriladigan reytingini yuritish; jismoniy va yuridik shaxslarning faoliyati (harakatlari) ustidan nazorat qilishning muayyan mezonlarini aniqlagan holda, vakolatli organlar tomonidan berilgan litsenziyalarning va ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarning, shuningdek xabardor qilish tartibida amalga oshiriladigan faoliyatning o'ziga xos xususiyatlarini hisobga olib, «xavfni tahlil qilish» tizimini joriy etish. Maxsus elektron tizimda qonunchilikka muvofiq boshqa jarayonlar ham aks ettirilishi mumkin.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.